AQSh O'zbekistonga qaytarilgan qochqinlar taqdiridan xavotirda


O’zbekiston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariatidan, mamlakatni tark etishni so’radi.

AQSh hukumati bu harakatni keskin qoralaydi va prezident Karimovni, tashkilotga O’zbekistondan siyosiy boshpana so’rab chetga chiqishga intilgan fuqarolar va qochqinlarni himoya qilish faoliyatini davom ettirishga ruxsat berishga chaqiradi.

AQSh, shuningdek, so’nggi 10 oy ichida Qirg’iziston, Qozog’iston va Ukrainaga boshpana izlab borgan ammo O’zbekistonga deportatsiya qilingan 18 qochqinning taqdiridan xavotirda. Qayta-qayta so’ralganiga qaramay, BMT Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariatiga ular bilan uchrashishga ruxsat berilmagan.

O’zbekiston hukumati boshqa mamlakatlarga boshpana izlab borgan qochqinlarni O’zbekistonga qaytarilishi uchun hukumatlarga bosim o’tkazishda davom etmoqda.

AQSh o’zbekistonlik qochqinlar borgan barcha mamlakatlarni qochqinlarni majburan O’zbekistonga qaytarmaslikka chaqiradi. Fuqarolar tazyiqdan qochib, o’zga yurtlardan panoh izlash huquqiga ega.

O’zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariat o’rtasidagi aloqalar o’tgan yilning may oyidan beri ancha sovuqlashgan. Andijondagi qonli voqealarda yuzlab fuqaro halok bo’lgan edi.

O’sha mash’um voqealar sabab qariyb 450 qochqin chegaradan o’tib, Qirg’izistonga borgan va BMT tomonidan siyosiy qochqin degan maqom berilib, Ruminiyaga jo’natilgan edi.

Hozirda bu qochqinlar uchinchi davlatga jo’natilmoqda, jumladan AQShga ham. O’zbekiston hukumati bu qochqinlarni vatanga xiyonat va terrorizmda ayblab, ularning vatanga qaytarilishini istaydi. Qirg’izistonga borgan qochqinlardan to’rt nafarining taqdiri hali ham rasmiy Bishkek qo’lida.

O’zbekiston hukumati demokratik jamiyat, erkinlik va farovonlikni targ’ib qiluvchi xalqaro nohukumat tashkilotlarning mamlakatdagi foaliyatini cheklamoqda. Freedom House, ya’ni ozodlik uyi va IREX, ya’ni Xalqaro tadqiqotlar va almashinuvlar kengashining O’zbekistondagi idoralari yopilgan.

President Karimov hukumati Gurjiston va Ukrainada ro’y bergan demokratik o’zgarishlardan cho’chib, inson huquqlarini himoya qilishga va fuqaro jamiyati qurishga intilgan tashkilotlarni tazyiqqa olayotgan bo’lishi mumkin.

Lekin tarix shundan saboq beradiki, demokratik islohotlar haqiqiy va doimiy barqarorlikka olib boradi. Shuning uchun ham, deydi Davlat kotibasi Kondoliza Rays xonim, AQSh, O’zbekiston hozir ketayotgan yo’lidan qaytib, islohotlar tomon strategik qadam qo’yadi, degan umidda.

XS
SM
MD
LG