Xorij matbuotiga ishlagan o'zbekistonlik muxbirlar "xalq dushmani"mi?


“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti bayonotiga ko’ra, Farg’ona va Namangan televideniyesi orqali “Ozodlik” radiosi faoliyatini qoralab lavha ko’rsatilgan.

Unda radio muxbirlarining ism-familiyasidan tashqari, O’zbekistondagi turar joyi, farzandlari o’qiydigan maktab manzili kabi shaxsiy ma’lumot berilgan.

O’zbekistondagi jarayonlarni mustaqil ravishda yorituvchi Internet sahifasi muxbiri Sid Yanishevning aytishicha, vaziyat 1937 yilni eslatadi.

“Hukumat mustaqil jurnalistlarni butun mamlakatga “xalq dushmanlari” deb ovoza qilsa, jurnalistning mahalladoshlari undan yuz o’giradi degan xayolda shu ishni qilmoqda. Maqsad – ularni ruhan ezish.”

Sid Yanishevning o’zi bir necha bor tazyiqqa uchragan. O’tgan yil oktyabrida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qattiq kaltaklangan. Uning fikricha, O’zbekistonda mustaqil jurnalist bo’lish oson emas.

“Biz ishimizni yashirin olib borishga majburmiz. Chunki qonun bo’yicha xorijiy matbuot vositalarida ishlashga haqqimiz yo’q. Akkreditatsiya yo’qligi sabab rasmiy ravishda ham ishlash imkoniyati yo’q. Istalgan payt bizni hibsga olishlari, sudga tortishlari, ta’qib qilishlari mumkin”, - deydi Yanishev.

O’tgan hafta Nukusda mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov giyohvand moddalarni saqlaganlikda ayblanib hibsga olingan. Uning o’zi ayblovlarni inkor etib, narkotiklar mashinasiga ataylab solib qo’yilgan deydi.

Yaqinda qamoqdan chiqqan inson huquqlari faoli Mo’tabar Tojiboyeva Abdurahmonovning ozod etilishini talab qilib barcha jurnalistlarni yakdillikka chaqirgan.

XS
SM
MD
LG