Janubiy Koreya va Yaponiya katta moliyaviy anjumanlar taraddudida; valyuta siyosati va savdo - dolzarb mavzular

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya va Yaponiya katta moliyaviy anjumanlar taraddudida; valyuta siyosati va savdo - dolzarb mavzular

Janubiy Koreya va Yaponiya katta moliyaviy anjumanlar taraddudida; valyuta siyosati va savdo - dolzarb mavzular

Global iqtisodiy krizisni yengish dolzarb masala bo’lib qolar ekan, Osiyoda shu hafta ikki yirik anjuman rejalangan. Janubiy Koreya 11-12-noyabr kunlari Katta Yigirmalik sammitiga, Yaponiya esa mintaqaviy hamkorlikka bag’ishlangan yig’ilishga mezbonlik qiladi.

Umumiy dastur bilan chiqish oson kechmayapti, chunki krizisning har bir davlatga ta’siri turlicha. Savdo-sotiq va valyuta siyosati bo’yicha tortishuvlar avj pallada.

Katta Yigirmalik rahbarlari o’tgan oy moliya vazirlari taqdim etgan kelishuvlarni tasdiqlashi kerak.

Valyutadan qurol sifatida foydalanmaslik kelishuv bandlaridan biri edi. Ammo Xitoy nazarida, AQSh o’z iqtisodiyotiga qo’shimcha pul kiritish qarori bilan ushbu va’dani buzib bo’ldi. Bozordagi ortiqcha dollar inflyatsiyasiga hissa qo’shishi tayin. Vashington o’z navbatida Xitoyni moliyaviy firibgarlikda tanqid qilmoqda.

Janubiy Koreya va Yaponiya katta moliyaviy anjumanlar taraddudida; valyuta siyosati va savdo - dolzarb mavzular

Janubiy Koreya va Yaponiya katta moliyaviy anjumanlar taraddudida; valyuta siyosati va savdo - dolzarb mavzular

AQSh va Janubiy Koreya nazarida, savdo balansini tiklash uchun aniq mo’ljal belgilash kerak. Xitoy, Yaponiya va Germaniya bunga shubha bilan qaraydi.

Son Ji-Ay, sammit so’zlovchisi deydiki, fikrlar tarqoq. Ammo guruh o’z birligini saqlay olishi kerak.

“Davlatlar bir-biriga quloq tutsagina, natija bo’ladi. Ayniqsa hozirgi krizis holatida. Katta Yigirmalik rahbarlaridan dunyo aynan shuni kutadi”, - deydi u.

Muhim kelishuvlar imzolangan taqdirda ham, ular amalga oshishi aniq emas. Sammit vakilining aytishicha, buni ta’minlovchi mexanizmning o’zi yo’q.

“Rahbarlar bir stol atrofiga o’tirganda, ularning umumiy pozitsiyasi odatda yakuniy hujjatda ask etadi. Har bir bo’g’in, har bir harf yigirmata davlat rahbari tomonidan kelishib olinishi, tasdiqlanishi shart. Ijro mexanizmi bo’lmasa-da, shu hujjatning o’zi majburiy deb qabul qilinadi”, - deydi Son Ji-Ay.

Va’da ustidan chiqish, shu tariqa, hamma uchun birdek muhim. AQSh Davlat kotibasi Xilari Klinton yaqinda Osiyoga safari chog’ida erkin savdo ahamiyatini e’tirof etdi.

“Yirik iqtisodiy forumlar umum-strategiya bilan chiqish uchun imkoniyat. Erkin savdo va eksportni oshirishdan barcha birdek manfaatdor. Demak, birgalikda harakat qilish kerak”, - deydi Klinton.

Qop-qop va’dalar, lekin amalda nima ishlar qilinyapti, deb so’raydi ayrim tahlilchilar. Den Aykenson Vashingtonda savdo sohasida izlanadi.

“Bunday yig’ilishlardan biror konkret natija chiqmaydi. Ekspert, olim va jurnalistlar shunchaki bir joyga to’planib, bor gapni bo’rttirib ko’rsatishdan boshqa narsaga yaramaydi”, - deydi siyosatshunos.

Iqtisodchilar nazarida, Katta Yigirmalik majlisi muvaffaqiyatli o’tdi deb aytish mumkin. Agar davlatlar valyuta janjalini bas qilib, savdo muvozanatini tiklashga kelishib olsa. Osiyo mamlakatlari sammitida ham iqtisodiy integratsiya tomon kichik qadam tashlansa katta gap.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG