Breaking News

Chingiz O’rxan: Turkiyada diktatura hukm surishiga qarshimiz


Gamburgdagi aksiya tashkilotchilaridan, turk alaviylari jamoasi yetakchisi Chingiz O’rxan
Gamburgdagi aksiya tashkilotchilaridan, turk alaviylari jamoasi yetakchisi Chingiz O’rxan
Germaniyaning qator shaharlarida Turkiyadagi noroziliklarni qo’llab-quvvatlagan chiqishlar bo’lib o’tmoqda. Turk jamoalari tomonidan o’tkazilayotgan bu yurishlarda ommaga nisbatan kuch ishlatilgani keskin qoralanmoqda.
Yevropada Turkiyadagi noroziliklarni qo’llab-quvvatlagan chiqishlar/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:26 0:00
Yuklab oling

Avvaliga Taksim maydonida ekologik talablar bilan boshlangan aksiya bugunga kelib Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an siyosatidan norozi qatlam va guruhlarni birlashtirgan keng qamrovli namoyishlarga aylandi.

Turkiya hukumati kuch ishlatilgani uchun uzr so’rashi ortidan noroziliklar ham, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish ham yana jonlandi va o’nlab shaharlarga yoyilishga ulgurdi.

Bu noroziliklarga Turkiyadan tashqarida yashayotgan millionlab turklar ham befarq emas. Germaniyaning yirik turk jamoalari yashayotgan Berlin, Shtutgard, Keln, Myunxen va Gamburg kabi shaharlarida yurishlar bo’lib o’tmoqda.

Gamburgdagi aksiya tashkilotchilaridan, turk alaviylari jamoasi yetakchisi Chingiz O’rxanga ko’ra, Yevropada yashayotgan minglab turklar namoyishchilar tarafida ekanini bildirmoqda.

“Amerikada ham, Yevropada ham hammaning ko’ngli behuzur. Biz Gamburgda ikki ming kishilik yurish o’tkazdik, shunday yurishlar Berlinda, Germaniyaning boshqa yirik shaharlarida ham davom etmoqda. Biz diktaturaga qarshimiz”, - deydi u.

“Erdog’an hukumatining ishlari odamlarni bir portlash nuqtasiga keltirdi. Chunki musulmon bo’lmagan boshqa guruhlarga nisbatan ham munosabat juda keskin. Turkiya qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni bo’yicha dunyoda brinchi o’rinda turadi. Matbuotga hukumat xohlagan narsanigina yozishga ruxsat beriladi. Diktatorlik tuzumi o’rnatishga harakat bor, so‘z erkinligi bo’g’ilgan”, - deydi Chingiz O’rxan.

Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an noroziliklar ekstremist guruhlar tomonidan rejalanganini ta’kidladi. U namoyishlar paytida asosiy vosita bo’lgan Twitter tarmog’ini ijtimoiy xavf sifatida baholadi, Turkiyaning demokratik tamoyillariga sodiq ekanligini aytdi.

Hukumat namoyishlar paytida Twitter tarmog’i orqali noto’g’ri axborot tarqatishda ayblangan bir guruh kishilar hibsga olinganini ma’lum qilgan.

Chingiz O’rxanga ko’ra, so’nggi yillarda hukumat bosimi oshayotganini sezish mumkin.

“Bugun insonlar bir qarorga kelishdi - nima bo’lsa bo’lsin, biz norozilikka chiqamiz deb. Hukumatning demokratik qadriyatlarga sodiqligi yolg’on. Turkiya Amerika xohlagan demokratiyani qurmoqchi, Amerika Turkiyadan arab davlatlari uchun model yasamoqchi. Biz o’z kuchiga ishongan Turkyani istaymiz, Yevropa ko’zida islom davlatlari uchun model bo’luvchi Turkiyani emas”, - deydi Germaniyadagi alaviylar jamoasi yetakchisi.

AQSh hukumati Turkiyada namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilgani yuzasidan chuqur xavotir bildirgan. Mavzu Vashingtonda o’tgan Amerika-Turkiya kengashi yig’inida ham muhokama qilingan. AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Anqarani zo’ravonlikdan tiyilishga, inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirgan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG