Breaking News

Amerikadagi musulmon tashkilotlar Muloqot haftaligini o'tkazishga chaqirmoqda


Nyu-Yorkda masjid qurish bo'yicha munozaralar davom etmoqda
Nyu-Yorkda masjid qurish bo'yicha munozaralar davom etmoqda

Musulmon yetakchilari nazarida bo'lajak islomiy markazni 11-sentabr terrorchilariga bog'lash to'g'ri emas.

AQShdagi musulmon tashkilotlar Nyu-Yorkda masjid qurish rejasiga qarshilikka javoban mamlakat bo'ylab muloqot haftaligini o'tkazishga chaqirmoqda. Islom markazi 2001-yil 11-sentabr xurujlari sodir etilgan joy yaqinida qurilishi rejalangan edi. Amerikadagi bir necha musulmon guruh vakillari nazarida qurilishga nisbatan qarshilik jaholat va islom dini haqida bilimning kamligi sabab bo'lib, Muloqot haftaligi bunga qarshi qaratiladi.

Amerika-Islom munosabatlari bo'yicha kengash rahbari Nihad Avadning aytishicha, bo'lajak islomiy markazni 11-sentabr terrorchilariga bog'lash to'g'ri emas.

"Qurbonlar orasida musulmonlar ham bo'lib, fojiadan so'ng yordamga shoshganlar orasida musulmonlar birinchilar qatorida bo'lganini unutmaslik kerak. Qulagan osmono'par binolardan birida masjid joylashganini ko'pchilik bilmasa kerak. Shu sabab bu joy, uning quvonch va tashvishlari barchamizniki, bizga ham tegishli", - deydi u.

Muloqot haftaligi 22-oktabrdan 24-oktabrgacha o'tishi rejalangan. Amerikadagi barcha masjidlardan eshiklarini boshqa din kishilariga ochish so'raladi, deydi Avad.

"Dinimizni, Amerikadagi musulmon jamoalari haqida ko'proq bilishlarini istaymiz. Musulmonlarga esa boshqa din vakillari ibodatxonalariga borish tavsiya qilinadi. Diniy va etnik tavofutlar amerikaliklarni bo'lib qo'yishiga yo'l qo'ymaslik zarur", - deydi Nihad Avad.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG