Jon Kennedi, o'limidan 51 yil o'tib ham, amerikaliklar eng ardoqlagan prezident

  • Amerika Ovozi

1960-yil: Respublikachi Richard Nikson va demokrat jon Kennedi prezidentlik uchun teledebatda

1960-yil: Respublikachi Richard Nikson va demokrat jon Kennedi prezidentlik uchun teledebatda

Bugun Amerikaning 1961-yilda saylangan prezidenti Jon Kennedi o'tib o'ldirilganiga 51 yil to'ldi. 46 yoshida u bu davlatni yangi zamonga yetaklayotgan lider sifatida nom qozongan edi.

Texas shtatining Dallas shahrida rafiqasi Jaklin Kennedi bilan usti ochiq mashinada ketayotgan, ommani olqishlayotgan prezident jamoatchilik ko'zi oldida nishonga olingan.

Kennedi 1000 kun prezidentlik qilgan xolos. Lekin bu vaqt mobaynida qator global masalalarni hal etishga uringan. Sovet Ittifoqi bilan Kubadagi inqirozga barham bergani, shuningdek, SSSR rahbari Nikita Xrushchev bilan til topisha boshlagani - ulkan yutuqlar bo'lgan, deydi siyosatdonlar.

Jon Kennedi, navriqon va intiluvchan prezident, o'ldirilgani amerikaliklarni dahshatga solgan va voqea bugungacha tillarda doston.

Li Xarvi Osvald ismli fuqaro uni o'ldirganlikda ayblanib hibsga olinadi va politsiya bilan ketayotganida o'qqa tutilib, halok bo'ladi. Voqea televideniyeda jonli ravishda ko'rsatilgan.

Osvald prezidentni nima uchun o'ldirgan, bugungacha noma'lum. Shunisi aniqki, bu shaxs sobiq dengizchi bo'lgan, 1959-yilda Sovet Ittifoqidan boshpana so'rab, u yerga ketadi. 1962-yilda esa Amerikaga qaytib keladi.

Taxminlar, konspiratsion teoriyalar bir dunyo. Ayrimlar Kennedini italyan mafiyasi o'ldirgan desa, boshqalar SSSR va KGB, Kuba rahbari Fidel Kastro, hatto AQShning o'sha paytdagi vitse-prezidenti Lindon Jonsonni ayblaydi. Jonson Kennedi o'limidan keyin prezidentlik kursini egallagan.

Yaqinda o'tkazilgan ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Jon Kennedi o'tgan yarim asrda amerikaliklar eng xush ko'rgan prezident sifatida tarixga kirgan. So'ralganlarning 90 foizi fikricha, Kennedi layoqatli lider bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG