Senator Jon Kerri: Qirg'iziston rahbarlari xalq va kelajak haqida o'ylasin

  • Amerika Ovozi

Jon Kerri, AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi raisi

Jon Kerri, AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi raisi

Bugun AQSh Senatida Qirg'iziston masalasi ko'tarildi. Demokrat senator, palataning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi raisi Jon Kerri safdoshlariga Markaziy Osiyoning bu davlatida vaziyat hamon murakkab ekanini eslatdi.

"O'tgan bir yil ichida Qirg'iziston ancha yutuqqa erishdi. Oktabr oyida parlament saylovlari o'tdi. Dekabrda yangi hukumat vujudga keldi",- deydi senator.

Demokratiya - siyosiy murosa talab qiladi

Demokratiya - siyosiy murosa talab qiladi

Kerry nazarida bular demokratik jarayonlar, lekin mamlakat kelajagi mavhum.

"Bu mamlakat o'tgan yili yozda ro'y bergan etnik xunrezliklar ketidan hali ham o'ziga kelgani yo'q. Kuzda prezident saylovlari rejalangan. Qirg'iziston rahbariyati jamiyatni birlashtirish haqida o'ylashi kerak",- deydi Kerri.

Senator Qirg'iziston prezidenti Roza Otunbayevani maqtadi.

O'sh

O'sh

"Otunbayeva qonun ustuvorligi va elatidan qat'iy nazar har bir fuqaro xavfsizligini ta'minlash uchun harakat qilmoqda",- deydi arbob.

Ammo, deydi senator Jon Kerri, uch haqiqat Qirg'iziston hayotiga raxna solmoqda.

Birinchidan, koalitsion hukumat ichki kelishmovchiliklar iskanjasida. O'tgan yilgi fojiadan keyin mamlakatni qayta oyoqqa tug'azish o'rniga, siyosiy nayrangbozlik avj olmoqda. Hamjihatlik yo'q. Rahbarlar siyosiy murosa yo'lini tanlashi kerak.

O'sh

O'sh

Ikkinchidan, siyosiy beqarorlik sabab uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi zarur choralar ko'rilmayapti. Busiz fuqaro xavfsizligini ta'minlab bo'lmaydi. Biznes va iqtisod yanada orqaga ketgan. Adliya va chegara xavfsizligi harob ahvolda.

Amerika Qirg'izistonga moliyaviy va texnik yordamni oshirishi kerak, deydi senator Kerri.

"O'tgan yilgi fojiaga javobgar shaxslarning jazoga tortilishi uchun dadilroq gapirishimiz, adolat va tenglik tarafdori ekanimizni eslatib turishimiz lozim",- deydi arbob.

O'sh

O'sh

Uchinchidan, Qirg'iziston o'tgan yilgi xunrezliklarga yetaklagan sabab va omillarga ko'z yuma olmaydi. Etnik xilma-xillik jamiyatga kuch berishi kerak, lekin undan o'z g'araz maqsadlari yo'lida foydalanayotgan kuchlar bor, deydi Kerri.

Qo'shma Shtatlar etnik hamjihatlikni, o'zbek-qirg'iz orasidagi rishtlarni quvvatlab, Qirg'izistonga 28 million dollardan ziyod mablag' ajratgan.

Umid shuki, deydi senator Jon Kerri, Qirg'izistonda rahbarlar xalq manfaatini o'ylab ish ko'radi va bu bilan demokratik jamiyatga aylanayotganini isbotlaydi va tizimni saqlab qoladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG