Breaking News

Bishkek: Markaziy Osiyoda hanuz yagona demokratiyamiz, tahsinga loyiqmiz


Jorj Vashington universitetida kechgan muhokamada Markaziy Osiyoni chuqur o'rganib kelayotgan tahlilchi-olimlar Erika Marat, Erik Maglinchi va Shon Roberts munozara qildi.
Jorj Vashington universitetida kechgan muhokamada Markaziy Osiyoni chuqur o'rganib kelayotgan tahlilchi-olimlar Erika Marat, Erik Maglinchi va Shon Roberts munozara qildi.

Qirg'iziston rasmiylari nazarida Amerika bu ittifoqchi davlatda demokratiya yo'lida qilinayotgan ishlarni qadrlamayapti. Markaziy Osiyoda hanuz yagona demokratik davlatmiz, tahsinga loyiqmiz, deydi ular. AQSh tomoni yaqinda o'zbek faoli Azimjon Asqarovni nufuzli mukofot bilan taqdirlagan edi. Bundan Bishkek g'azablanib, ichki ishlarga adolatsiz aralashuv deya ikki o'rtadagi hamkorlik bitimini bekor qildi.

Bishkek: Markaziy Osiyoda hanuz yagona demokratik davlatmiz, tahsinga loyiqmiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

Muhokamani ingliz tilida to'liq holda tinglang:

US-Kyrgyzstan Relations, Cooperation Treaty, Parliamentary Elections. GWU discussion.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:32:20 0:00
Yuklab oling

Shu yoz Davlat departamenti Qirg'iziston janubidagi elatlararo ziddiyat ortidan ushlanib, umrbod qamalgan o'zbek huquq himoyachisi Azimjon Asqarovga nufuzli mukofot berdi. Shu bo'ldi-yu, Bishkek o'zaro hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Bu ikki voqea bir-biriga bog'liq, deydi ba'zilar. Boshqalar nazarida esa Qirg'iziston va Amerika aloqalariga kengroq qarash, Bishkek nima uchun norozi bo'layotganini tahlil qilish kerak.

Jorj Vashington universitetida kechgan muhokamada Markaziy Osiyoni chuqur o'rganib kelayotgan tahlilchi-olimlar Erika Marat, Erik Maglinchi va Shon Roberts munozara qildi.

Erika Maratning aytishicha, Asqarovga berilgan mukofot va so'nggi ziddiyat bog'liq.

"Atambayev G'arb bilan aloqa qilishda ustomon emas. U Amerika va umuman G'arbni juda kekkaygan, faqat o'z manfaatlarini deydigan guruh deb biladi. Atambayev uchun yon qo'shnisi Rossiya bilan muomala qilish ma'qulroq. U Moskvani ranjitmaslikka harakat qiladi", - deydi Marat.

Uning so'zlariga ko'ra, Asqarovga mukofot berilganidan keyin Bishkek e'tirozini baralla bildirishni xohladi. "Aloqalarni butunlay uzib tashlashni istamasa-da, iloji boricha shovqin ko'tarishga intildi", - deydi ekspert.

Tahlilchi Erik Maglinchi 2010-yilgi O'sh voqealarini eslatadi.

"O'shanda xalqaro tekshiruv xulosalarini Otunbayeva ma'muriyati keskin rad etgan edi. Asqarovga sovrin berilganidan keyin Atambayev ma'muriyatining javobiga hayron qolmasa bo'ladi. Bugun ham mamlakatda millatchilik, ayirmachilik ko'lami juda yuqori. Ustiga ustak Otunbayevadan farqli Atambayev Amerikaga xayrixoh emas. Bugun Qirg'izistonda AQShning obro'si tushib ketgan, jamiki muammolar Vashingtonga to'nkalaveradi", - deydi Maglinchi.

U shu yilning yozida Qirg'izistonda bo'lib qaytdi. Mamlakatda Amerikaga bo'lgan salbiy kayfiyatda Rossiya matbuotining hissasi katta, deydi u. Jamiki muammolarni AQShga to'nkayverishni odamlar shu matbuotdan o'rganadi.

Olim Shon Roberts Qirg'izistonda parlament saylovlari yaqinlashayotganiga e'tibor qaratadi. Atambayev ma'muriyati va barcha partiyalar, jumladan, "Ota-Makon", "Ota Yurt" millatchilikka urg'u berib, odamlarni o'ziga og'dirishga urinayotgani sir emas, deb hisoblaydi u.

Robertsning so'zlariga ko'ra, Qirg'iziston demokratiya bobida erishgan yutuqlari Amerika tomonidan e'tirof etilmayotganidan xafa. Gap shundaki, deya izohlaydi ekspert, Obama ma'muriyati davrida tashqi siyosatda asosiy urg'u aynan inson huquqlariga qaratildi.

"Qirg'izistonda siyosiy jarayonlar demokratik tamoyillarga moslashib borayapti, partiyalar raqobat qilayapti, bu rost, - deydi Shon Robert. - Biroq millatchilik avj olgani sari inson huquqlari bobida mamlakatda ahvol og'irlashgani ham haqiqat".

Bu olimlarning aytishicha, Bishkek e'tibor talab qilayapti. Chunki AQShning Qirg'izistonga, umuman, Markaziy Osiyoga e'tibori sust. "Manas" harbiy bazasi yuzasidan dag'dag'a qilib, ijarani oshirganidek, balki Qirg'iziston bu hamkorlik bitimini ham qayta ko'rib chiqishga majbur qilmoqchidir?

XS
SM
MD
LG