Breaking News
Din

Musulmonlar yahudiylar qabristonini ta'mirlash uchun pul yig'di


Amerikalik musulmonlar Missuri shtatidagi yahudiylar mozorida vayron qilingan qabr toshlarini qayta tiklashga ko’maklashish uchun yordam puli yig’di.

Sent-Luis yaqinidagi Chesed Shel Emet qabristonida 200 dan ortiq qabr toshi noma’lum kimsalar tomonidan buzib ketilgan.

Shuningdek, bir qator shtatlarda kamida 10 yahudiy markazi bomba tahdidi bilan yuzlashgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi Afro-amerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifi davomida yahudiylarga qarshi tahdidlar soni oshganini qoraladi.

“Bu tashrifimiz mutaassiblik, nodonlik va nafratning har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish nega muhimligini yana bir bor yodimizga soladi. Yahudiy jamoalari va markazlariga qilinayotgan tahdidlar yovuzlik va nafratni yo’q qilish uchun hali qilinadigan ishlar ko’p ekanini ko’rsatadi”, - dedi Tramp.

Bir guruh musulmonlar yahudiylar qabristonini ta’mirlash uchun 20 ming dollar yig’ishni rejalagan edi. Fevral oxiriga borib ehsonlar miqdori 150 ming dollarga yaqinlashdi.

Yaqinda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vashingtonga tashrif buyurganda jurnalistlar Trampdan Amerikada yahudiylarga qarshi jinoyatlar soni oshayotgani haqida so’ragan edi. Tramp savolga javob berish o’rniga saylovdagi g’alabasi haqida gapirib, jurnalistni noxolislikda aybladi.

Musulmonlardan yahudiylarga yordam
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:35 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG