AQShning 2017-yilgi byudjeti 4,1 trillion dollarga teng

  • Amerika Ovozi

9-fevral kuni AQSh Prezidenti Barak Obama 2017-yil uchun davlat byudjetini e'lon qildi. Oktabrda boshlanadigan moliyaviy yil uchun 4,1 trillion dollar ajratish rejalanmoqda. Respublikachilar nazoratidagi Kongress Obama taklifini rad etishga shay.

2017-yilgi byudjetda "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni kuchaytirish, toza energiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida neftga 10 foiz soliq solish, saratonga qarshi tadqiqotlarni oshirish hamda kam ta'minlangan oila farzandlari ta'limi uchun moddiy yordam berish kabi yo'nalishlarga ko'proq mablag' ajratish so'ralgan. Jami bo'lib, kelasi yilgi byudjet bu yilgidan 5 foizga ko'p bo'ladi.

Obamaning aytishicha, byudjetda har ikki partiya qarashlari inobatga olingan holda, eng muhim sohalarga zarur sarmoyani yotqizish ko'zda tutilgan.

Vakillar palatasidagi respublikachilar sardori, spiker Pol Rayn Obama rejasini tanqid qilib, amaldagi prezident hech qachon muvozanatli byudjet taqdim etmaganidan shikoyat qildi.

"Buni hatto byudjet deb ham bo'lmaydi. U mehnatkash amerikaliklar hisobidan federal hukumatni kengaytirishga qaratilgan progressiv qo'llanmadan boshqa narsa emas", - dedi Rayn.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG