Obama Meksika bo’g’ozidagi halokatni o’z bo’yniga oldi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama “Meksika bo’g’ozidagi ekologik halokatni hal qilamiz”, - deya va’da bermoqda. Qoramoy tarqalishda davom etarkan, hukumat keskin tanqid ostida.

Halokat uchun javobgar British Petroleum (BP) kompaniyasi neft oqimini to’xtatishga harakat qilmoqda. Suv ostidagi yoriqni sement bilan yopish haqida gap ketmoqda. Shu paytgacha BP 930 million dollar sarflagan. Prezident Obama fojea uchun, uni hal qilish uchun “mas’uliyatni bo’ynimga olaman”, deydi.

“Amerika xalqi shuni bilsinki, hukumat qo’l qovushtirib o’tirgani yo’q. BP kompaniyasi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borayapmiz va muammoni hal qilamiz”, - deydi prezident Obama.

AQSh rahbari suv ostida neft qazish ishlari uchun mas’ul agentlikni tanqid qilmoqda. Bu idora neft kompaniyalari bilan til biriktirib, korrupsiyaga berilgan va natijada nazorat, mas’uliyat yo’qolgan, deydi prezident. Mazkur agentlik rahbari Elizabet Birnbaum kuni kecha ishdan ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG