Al-Qoida garovidagi amerikalik Obamadan yordam so'radi

  • Amerika Ovozi

Vaynstayn 2011-yilning avgustida Lohurdagi uyidan olib qochilgan edi.

Vaynstayn 2011-yilning avgustida Lohurdagi uyidan olib qochilgan edi.

Pokistonda al-Qoida qo’liga tushgan Amerika fuqarosi prezident Barak Obamadan uni ozod qilishlarida madad so’rayapti.

Ommaviy axborot vositalariga tarqatilgan 13 daqiqalik video-murojaatida 72 yoshli Vorren Vaytstaynning ko’rinishi horg’in, xasta.

U sog’ligi og’irlashganini aytib, uni unutmaslikni, tashlamaslikni so’raydi.

Taraqqiyot va qurilish loyihalarida ishlagan Vaynstayn 2011-yilning avgustida Lohurdagi uyidan olib qochilgan edi.

Al-Qoida Qo’shma Shtatlardan Afg’oniston, Pokiston, Somali va Yamandagi havo hamlalarini bas qilishni talab qiladi. Evaziga terrorchilar garovdagi fuqaroni qo’yib yuborishga rozi.

Oq uy Vaynstaynning ozod qilinishini talab qilsa-da, al-Qoida bilan muzokara qilmoqchi emas.

Bu orada, qo'shni Afg’onistondagi xurujda AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaning uch askari nobud bo’lgan. Kobulda harbiy patrul yonida mashina portlagani xabar qilinadi.

Natijada olti nafar oddiy fuqaro yaralangan. Tolibon xurujni amalga oshirganini da’vo qilmoqda.

Afg’oniston rahbari Hamid Karzay ayni paytda AQSh bilan xavfsizlikka doir bitimni ma’qullash ustida o’ylanib qolgan. Hujjat 2014-yildan keyin Amerika qo’shinlariga mamlakatda qolishga ruxsat beradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG