Din

Rim papasi Fransisk Kubaga tashrif buyurdi

  • Amerika Ovozi

Rim papasi Fransisk Kubaga ilk bor tashrif buyurar ekan, bugun poytaxt Gavananing Inqilob maydoniga o'n minglab ziyoratchilar yig'ilgan.

Diniy marosimda Prezident Raul Kastro hamda Argentina rahbari ham qatnashyapti. Papaning 89 yoshli Fidel Kastro bilan ham ko'rishishi rejalangan.

Vatikan rahbari to'qqiz kunlik safari chog'ida Qo'shma Shtatlarda ham bo'ladi. Gavana-Vashington o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklanishiga Fransisk shaxsan o'zi vositachilik qilgan.

"Uzoq yillik g'animlar bir-biriga qo'l uzatgani butun dunyoga ibrat bo'lsin. Bu do'stlik va muloqot g'alaba qilganidan nishona va bizga umid bag'ishlaydi", - deydi papa.

Prezident Kastro, o'z navbatida, orolga AQSh tomonidan qo'yilgan blokadani bekor qilishga, qamoqxona sifatida foydalanib kelinayotgan Guantanamo harbiy bazasini Kubaga qaytarishga chaqirdi.

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer Rim papasining tashrifi oldidan Kubada hukumat tanqidchilari va dissidentlar nazoratga olinganiga e'tibor qaratmoqda.

Fransisk AQShda Prezident Barak Obama bilan uchrashishi, shuningdek, Kongressda va BMT minbarida nutq so'zlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG