Breaking News

Oddiy do'konlar onlayn magazinlar bilan raqobatda


Xaridor bugun bozorni internetdan qilishni odat qilar ekan, oddiy do’konlar bu mijozlarni jalb qilishga va daromadidan ayrilib qolmaslikka astoydil harakat qilayapti. Magazinlar yangi texnologiyadan tortib imoratlarda qulayliklar yaratishgacha, barchasini ishga solayapti. Nyu-Yorkda do’kon va firmalarning dabdabali tomoshasi o'tdi.

Oddiy do'konlar internet magazinlar bilan raqobatda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Uydan turib bozor-o’charni bitirishga xaridor tobora o’rganib borayapti. Bu odatdan do’konlar xavotirga tushgani sir emas. Lekin ular osonlikcha taslim bo’lmaydi.

Masalan, “Intel” kompaniyasi olg’a surgan “kelajak supermarketlari” loyihasini oling. Xaridor mahsulotni qo’li bilan ko’rsatsa, ekranda unga doir barcha ma’lumot muhayyo bo’ladi.

Uyini qayta jihozlamoqchi bo’lsa, sotuvchi 3D modelidan foydalanib, mayda jismlarni surib o’zi xohlagan xonani yaratishi mumkin. “Intel”ning kamera va quloqchinlari bunda juda qo’l keladi.

“Intel” kompaniyasi xodimi Mishel Tinslining aytishicha, maqsad internet va do’konlarning imkoniyatlarini jamlash:

“Shunda magazinlar xaridorning xohishini oldindan bilishi mumkin bo’ladi. Qaysi kompaniyalar mahsulotini yoqtiraman? O’tgan safar qanday kiyimlarni xarid qilgan edim? Bu libosga mos keladigan boshqa ust-bosh qaysilar?”

Savdo-sotiq bo’yicha federatsiya eksperti, iqtisodchi Jek Klaynxensning aytishicha, oddiy do’konlar sotuvchiga imkoni boricha ko’proq qulayliklar yaratishga o’tishi kerak.

Magazinlar bilan ishlaydigan “Scala” raqamli texnologiya firmasi katta ekranlarni ishga solayapti. Planshet yoki telefon bilan do’konga kirgan sotuvchini yangi texnologiya darrov taniydi.

“Xaridor do’konga kirgani zahoti uni ilg’aymiz va unga ma’qul mahsulotni mana shunday katta ekranlarga qo’ya boshlaymiz”, - deydi Xarri Xorn, "Scala" eksperti.

“Intel” firmasi esa “Levi Strauss” magazinlarida shunga o’xshash ekranlarni joriy etmoqchi. Ekran xaridorga ma’qul mahsulotni saralab beradi va to’g’ridan-to’g’ri sotuvchi bilan bog’lab qo’yadi. Xaridorning shaxsiyati va ism-sharifini sir saqlagan holda qilinadi bu ishlar, deya eslatadi ekspertlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG