Somalida milliy teatr portladi

  • Amerika Ovozi

“Yuzma-yuz jangda ularni mag’lub etdik. Endi jangarilar begunoh odamlarni qirishga tushdi”.

“Yuzma-yuz jangda ularni mag’lub etdik. Endi jangarilar begunoh odamlarni qirishga tushdi”.

Somali poytaxti Mogadishuda bugun sakkiz kishi, jumladan, futbol hamda Olimpiya qo’mitalari rasmiylarini hayotdan olib ketgan xuruj ortida al-Shabab jangari guruhi turgani aytiladi. Portlash ta’mirdan chiqqan milliy teatr binosida sodir etilgan.

Guvohlarning aytishicha, Bosh vazir Abduvali Muhammad Ali milliy televideniyening bir yilligini nishonlash uchun yig’ilgan xalqqa murojaat qilayotgan payt bir ayol o’zini portlatgan.

“Yuzma-yuz jangda ularni mag’lub etdik. Endi jangarilar begunoh odamlarni qirishga tushdi”, - dedi Bosh vazir Muahmmad Ali “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Xurujda Somali Olimpiya qo’mitasi rahbari Adan Hoji Yabarov Viish va Futbol federatsiyasi yetakchisi Said Muhammad Nur o’lgan.

Armiya bir yil oldin poytaxtni al-Shabab jangarilaridan tozalashga muvaffaq bo’lgan. 20 yillik tanaffusdan so’ng Somali milliy teatri bugun endi ishga tushishi kutilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG