Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

  • Amerika Ovozi

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Bir yarim oydan beri qo’zg’olonlar tinmayotgan Suriyada xavfsizlik kuchlari besh kishini o’ldirgan.

Guvohlarning aytishicha, voqea janubdagi Deraa shahrida ro’y bergan. Askarlar avtomobilni o’qqa tutib, hech kimni tirik qo’ymagan. Poytaxt Damashq tevaragida ham otishmalar quloqqa chalinmoqda.

Qo’shni Iordaniya rasmiylarining aytishicha, chegara yopiq, Suriya esa odamlarni o’tkazmay qo’ygan. Rasmiy Damashq buni inkor etmoqda.

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Kecha ham, deydi faollar, namoyishlardan xoli sohil bo’yi Jabla shahrida politsiya to’rt fuqaroni o’ldirib, muxolifat vakillarini qamagan.

Yakshanba kuni, shuningdek, Damashq va Hims shaharlarida reydlar kechgani ma’lum. O’nlab odam hibsda. Huquq faollari hisobicha, o’tgan jumadan beri 217 kishi yo’qolgan.

O’tgan hafta prezident Bashar al-Assad salkam 50 yillik favqulodda holatni bekor qilgan. Namoyishchilarni bosh talablaridan biri shu edi. Shunga qaramay, odamlar Assadga qarshi chiqishda davom etmoqda.

Amerikada asoslangan Human Rights Watch huquq tashkiloti BMTdan Suriyadagi voqealarni tergov qilishni, qotilliklar uchun javobgar rasmiylarni sanksiya bilan jazolashni so’ramoqda.

AQShning taniqli senatorlari Suriya muxolifatini qo’llab-quvvatlashga da’vat etmoqda.

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Suriya armiyasi besh kishini o’ldirgan, muxolifatchilar qamoqda

Respublikachi Senator Mark Kirk fikricha, Qo’shma Shtatlar oraga tushib, diktaturaga qarshi turib berishi kerak. Lekin uning aytishicha, qurol ishlatishga hojat yo’q.

“Amerika hozir Iroq, Afg’oniston, Liviya va Yaponiya kabilar bilan band”, - deydi senator. Vashington diplomatik vositani ishga solishi mumkin, deb hisoblaydi u.

Demokratlar ham shu fikrda.

Senator Richard Blumental Suriyada demokratik o’zgarishlar tarafdori. “Lekin bu davlatda qo’shin jo’natishning keragi yo’q”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG