Suriyada isyonchilar ichki olishuvlarni tugatishga urinmoqda

  • Amerika Ovozi

Suriyada bir necha yirik isyonchi guruh al-Qoidaga aloqador jangchilar va G’arb qo’llab-quvvatlovini olgan muxolif kuchlardan shimoldagi olishuvlarni tugatishni talab qildi.

Islomiy kuchlarga hududni tark etish uchun ikki kun muhlat berildi.

Britaniyadan turib Suriyadagi ahvolni kuzatayotgan huquq guruhining bildirishicha, bu murojaatga qo’l qo’yganlar – Islomiy armiya, Tavhid Brigadasi va Ahrar al-Sham guruhi.

Barchasi G’arb tomonidan yoqlangan Ozod Suriya armiyasi ittifoqiga a’zo.

Al-Qoidaga aloqador Iroq islomiy davlati va Levant nomli guruhlar o’tgan oy Azaz shahrini bosib olgan, shundan beri Ozod Suriya armiyasi bilan bir necha bor olishgan.

Isyonchilar avval ham ikki raqib tomonni murosaga chaqirgan, biroq sulh uzoqqa yetmagan edi.

Oradagi tarqoqlik prezident Bashar al-Assad armiyasiga qarshi olishuvda pand berayotgan asosiy omil deya ko’riladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG