Suriyada xavfsizlik kuchlari sakkiz kishini o’ldirgan

  • Amerika Ovozi

Suriyada xavfsizlik kuchlari sakkiz kishini o’ldirgan

Suriyada xavfsizlik kuchlari sakkiz kishini o’ldirgan

Suriyada inson huquqlari faollarining aytishicha, xavfsizlik kuchlari tunda Hims shahrida sakkiz kishini o’ldirgan. Bir necha fuqaro jarohatlangan.

Shaharda bir kun oldin ham uch fuqaro o’ldirib ketilgan edi. Voqea Hims shahrida dafn marosimi paytida ro’y bergn. Faollar har ikki hujumda hukumat kuchlarini ayblamoqda.

Inson huquqlari himoyachilarining aytishicha, namoyishlar boshlanganidan beri armiya 200 dan ziyod odamni o’ldirgan. Kecha Suriyada Mustaqillik kuni edi. Mamlakat bo’ylab minglab odam namoyish qilib, erkinlik talab qilgan.

Prezident Bashar al-Assad xalq qo’ygan shartlaridan biri – 50 yillik yillik favqulodda holatni tez kunda bekor qilishga va’da bergan. Bu qonun namoyishlarni taqiqlaydi, matbuotni nazorat qilib, aholini zimdan kuzatish va fuqaroni biror ayblovsiz qamashga ruxsat beradi.

Suriyada xavfsizlik kuchlari sakkiz kishini o’ldirgan

Suriyada xavfsizlik kuchlari sakkiz kishini o’ldirgan

Bashar al-Assad “tinchlik - ustuvor masala”, deydi. “Xavfsizlik xizmati va politsiya bu vaziyatda tajribasizlik qilmoqda; ular treyningdan o’tishi kerak”, - deydi prezident.

Suriyani 1970 yildan beri Assadlar oilasi boshqaradi. O’sha yili amaldagi rahbarning otasi, sobiq prezident Hofiz al-Assad davlat tepasiga kelgan edi.

Barak Obama ma’muriyati Suriyada namoyishchilarga qarshi kuch qo’llanayotganini tanqid qiladi. “Suriya xalqining jasoratini olqishlaymiz”, - deydi u.

“Vashington Post” gazetasining “Wikileaks” saytiga tayanib xabar berishicha, AQSh Davlat departamenti Suriyaning surgundagi muxolifatiga o’tgan yillar ichida jami 12 million dollar uzatgan. Bashir al-Assad ma’muriyatini tanqid qiluvchi, Londonda asoslangan “Barada” kabel telekanaliga 6 million dollar berilgan.

“Vashington Post” ning yoritishicha, bu ish prezident Jorj Bush paytida, 2005 yilda Suriya-AQSh diplomatik aloqalari butunlay uzilgach boshlangan. Mablag’ hozir ham tushadimi-yo’qmi, aniq emas. “Wikileaks” o’tgan yilning sentabriga qadar olib borilgan siyosatni fosh etgan. AQSh Davlat departamenti va telekanal rasmiylari bu xabar haqida lom-mim demagan.

Bashar al- Assad “Xamas” va “Hizbulloh” kabi radikal islomiy guruhlarni qo’llab-quvvatlar ekan, Qo’shma Shtatlar bu davlatni terrorizm homiysi deb biladi. Davlat departamenti taxminicha, Suriya Iroqda jangarilarni moliyalab keladi. Assad oilasi esa Iroqdagi urushga qarshi ekanini ochiq aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG