Suriya muxolifati Jenevaga yo'l oldi

  • Amerika Ovozi

Suriya muxolifati Assad hukumati bilan muloqot qilish niyati yo'q ekanini aytsa-da, BMT juma kuni Jenevadagi xalqaro anjumanni boshlashga qaror qildi. Jeneva, 29-yanvar, 2016-yil.

Suriya muxolifati Assad hukumati bilan muloqot qilish niyati yo'q ekanini aytsa-da, BMT juma kuni Jenevadagi xalqaro anjumanni boshlashga qaror qildi. Jeneva, 29-yanvar, 2016-yil.

Suriyada tinchlik istiqboliga doir Jenevada o'tayotgan anjumanga bugun, shanba kuni muxolif kuchlar delegatsiyasi ham yetishi borishi kutilmoqda.

Biroq oppozitsiya muzokara o'tkazish uchun emas, balki BMT bilan gumanitar madad xususida gaplashish uchun safar qilayotganini ta'kidlaydi.

Suriya muxolifati Assad hukumati bilan muloqot qilish niyati yo'q ekanini aytsa-da, BMT juma kuni Jenevadagi xalqaro anjumanni boshlashga qaror qildi.

Muzokaralarni BMTning maxsus vakili Staffan de Mistura va Suriya hukumatidan vakil, bu davlatning BMTdagi vakili Bashar Ja'fariy o'rtasidagi uchrashuv boshlab berdi.

De Mistura oppozitsiya bilan yakshanba kuni gaplashishdan umidvor.

Muxolifat hukumatga qo'ygan talablari bajarilmagach, xalqaro tadbirda qatnashmasligini ma'lum qilgan edi.

Oppozitsiya, xususan, Assad armiyasi va Rossiya kuchlari tinch aholi manzillarini bombardimon qilishni, qamallarni bas qilishni talab qilayotgan edi. Biroq BMTning avrab-undashlari natijasida muxolif isyonchilar Jenevaga yo'l olgan. Amerika bosh diplomati Jon Kerri bu qarordan mamnun.

Suriyadagi fuqarolar urushi qariyb besh yildan beri davom etayapti. Ixtilof 260 mingdan ziyod odamning boshini yedi. Minglab odamlar mamlakatdan bosh olib ketdi. Urush mintaqada "Islomiy davlat" to'dasining paydo bo'lib keng ildiz otishiga, qochqinlar Yevropa tomon yopirilishiga turtki berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG