Turkiya Iroq shimolida kurd jangarilarini nishonga olmoqda

  • Amerika Ovozi

Turkiya Iroq shimolida kurd jangarilarini nishonga olmoqda

Turkiya Iroq shimolida kurd jangarilarini nishonga olmoqda

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi kurd jangarilariga qarshi jang qilmoqda. Kecha kamida 20 nafari yo'q qilingan. Chorshanba kuni jangarilar chegarada harbiy postlarga hujum qilib, 24 turk askarini o'ldirgach, armiya hujumga o'tgan.

Shu munosabat bilan Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an Qozog'istonga safarini qoldirishga majbur bo'ldi. Amaliyotlar xalqaro qonun doirasida olib borilmoqda, deydi u.

AQSh prezidenti Barak Obama turk harbiylariga qarshi terror xurujlarini qoralab, Kurdiston Ishchilar partiyasi faoliyatiga chek qo'yishda Turkiya bilan hamkorlikni kuchaytiramiz, dedi. Yevropa Ittifoqi ham bu masalada Turkiyani qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

Iroq shimolidagi Kurdiston mintaqasi prezidenti Masud Barzaniy va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun jangarilar harakatini jinoyat deb, ularning Iroq hududidan turib xuruj uyushtirishlariga yo'l qo'ymaslik kerak, deyishgan.

O'tgan hafta rasmiy Anqara Iroq hukumatiga murojaat etib, kurd jangarilarini jilovlashga chaqirib, aks holda bir tomonlama harakat qilishga majbur bo'lamiz, degan.

Hozirgi operatsiyada 10 mingga yaqin askarlar ishtirok etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG