Breaking News

Umida Hoshimova: O'zbekiston AQShda ekanimizdan manfaatdor


O'zbekiston-AQSh: Umida Hoshimova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:43:37 0:00

O'zbekiston-AQSh: Umida Hoshimova

Vashingtonda o'zbek siyosiy tahlilchilar bor. Ulardan biri Umida Hoshimova Jeymstaun jamg'armasi (Jamestown Foundation) saytiga materiallar yozadi, shuningdek, tadqiqotchi. Oliy ta'limni Britaniya va Amerikada olgan. O'zbekistondagi hozirgi jarayonlarni islohotlarning ilk pallasi deb ataydi.

Umida Hoshimova va Navbahor Imamova
Umida Hoshimova va Navbahor Imamova
  • Amerika poytaxtida kasbiy faoliyat yuritish qanchalik qiyin?
  • Muhojirlikning o'ziga xos talablari va shartlari. O'zgacha raqobat. Ruhiy sinovlar.
  • Izlanish deganda nima nazarda tutiladi? Amerikada ilmiy tadqiqot qilishning o’ziga xos jihatlari nimada?
  • Vashingtonda Markaziy Osiyodan chiqqan, xususan O’zbekistondan kelib ildiz otgan mutaxassislarga talab qanchalik?
  • Mintaqaga qiziqish-chi?
  • Amerika bizga juda qiziqadi, bizning fikr-qarashlarimiz ularga rosa muhim bo’lsa kerak deb o’ylaydiganlar ko’p. Boshqa bir tomondan, Amerika bizga juda befarq, bizni yaxshi bilmaydi, bilsa ham o’z manfaatini ko’zlab, o’z bilganidan qolmaydi, deydiganlar ko’p. Haqiqat nimadan iborat?
  • O’zbekiston siyosiy va ilmiy doiralari Amerika siyosiy-ilmiy doiralari haqida nimalarni bilishi, hamkorlik qilishni xohlasa, nimalarni esda tutishi zarur?
  • O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev haqiqatdan ham islohotchimi?
  • O’zbekistonga kadr kerak, yetuk mutaxassislar zarur, degan gaplarni ko’p eshitamiz. Bu vatandosh nima deydi?

Javoblar bilan yuqoridagi suhbatda tanishasiz.

Umida Hoshimova va Navbahor Imamova
Umida Hoshimova va Navbahor Imamova

Umida Hoshimova: O'zgarish bu xalq hayotining yaxshilanishidir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:43:33 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG