Breaking News

AQShda muhojirlarga yordam ko'rsatayotgan tashkilot


Muhojirlar bir-biriga malham
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00

Muhojirlar bir-biriga malham

AQSh immigratsiya siyosati yuzasidan bahslar qizigan bir paytda bu o'lkada yashovchi muhojirlar o'z kelajagidan xavotirda. Ayni paytda ular bir-biriga dalda bo'lishga, yordamlashishga urinmoqda.

Nigeriyalik Maryam Oyetunji egizak farzandlarini yolg'iz katta qilmoqda. 13 oylik bu bolalar u uchun hayot quvonchi.

"Ularning boriga shukr. Sog'lom va kuchli. Ular mening bor-budim", - deydi ona.

Ammo Maryam uchun onalik oson kechmadi. Kutilmagan homiladorlik, bolalarining diqqatsiz otasi, Afrikaga xos an'anaviy oilasi uni yordamga muhtoj qilib qo'ydi.

"An'anaviy kiyimlarda yuramiz. Turmush qurguncha ota-onalarimiz bilan yashaymiz. Homilador bo'lganim, turmush qurmaganim uchun meni o'z holimga tashlab qo'yishdi. Vaziyatdan chiqish yo'lini topishga majbur bo'ldim, chorasiz qoldim", - deydi u.

Maryam Vashington atrofidagi odamlarga, xususan, muhojirlarga ko'mak beruvchi nodavlat tashkilot "Meri markazi"dan yordam oldi. Guruh xodimlarining 60 foizidan ko'pi immigrantlar.

Janani Ramachandran Hindistonda ulg'aygan. Xorijlik bo'lganim muhojirlarni tushunishimga yordam beradi, deydi u.

"Sog'liqni saqlash tizimida, ruhiy sog'liqni davolovchi G'arb meditsinasida turli madaniy qarashlarni inobatga olishmaydi. O'zim ham Hindistondanman va bu yerda shuni ko'raman. Hindlar, afg'onlar va ispanzabon muhojirlar madaniy e'tiborsizlikdan bezovta bo'lishadi", - deydi Janani.

"Meri markazi" 1988-yil ispanzabon homilador ayollarga yordam beruvchi klinika sifatida ish boshlagan. Bugun u 40 million dollardan ortiq byudjetga ega, yetti joyda o'n minglab odamlarga yordam ko'rsatadi.

Tashkilot asoschisi Mariya Gomez Amerikaga bolaligida Kolumbiyadagi zo'ravonlikdan qochib kelgan. U tashkilotni ochishdan maqsadini shunday tushuntiradi:

"Amerika xalqi, bu davlat menga ko'p narsa berdi. Jamiyatga bu yaxshiliklarni qaytarish mening burchim edi va bu men uchun oson bo'ldi", - deydi u.

2013-yil Prezident Barak Obama Gomezga Prezident medalini topshirdi.

Gomez boshlagan ishning natijasi katta. Janani Maryamning holidan xabar olish uchun borganda buni o'z ko'zi bilan ko'rdi.

Bir yildan beri ko'mak olayotgan yosh ona Jananini o'z oilasidek qabul qiladi.

"Singlimdek bo'lib qoldi", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG