Breaking News

Qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilayotgan tashkilot


Qizlarni tajovuzdan saqlash yo'lida/Protecting girls from assault
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:06 0:00

Qizlarni tajovuzdan saqlash yo'lida/Protecting girls from assault

Hindistonda talaba qizga bir guruh erkaklar tajovuz qilib, jinsiy tahqirlagach, bu xabar bir zumda jahon bo'ylab aks sado berib, xotin-qizlar himoyasi yo'lida ko'plab va'dalar berildi, hujumlar qoralandi. Hind qizi bir necha kun o'tib, qattiq jarohatlardan vafot etdi. Xalqi unga hamon motamda.

Jinsiy zo'ravonlik jamiyat, elat va tabaqa tanlamaydi. Dunyoning qayeriga bormang, undan jabr ko'rganlar, uning dahshati bilan yashayotganlar ko'p.

Amerikada bu muammoga e'tibor katta, ammo uni butkul bartaraf etish mumkinmi?

Kamaytirish mumkin, deydi biz bilan gaplashgan faollar. Dallas Jessup ismli qiz 13 yoshida tengdoshi o'g'irlanib, zo'rlanganiga guvoh bo'ladi. Dugonasi qanchalik xo'rlanganini ko'rgan bu o'quvchi qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilishni o'z hayotiy maqsadi deb belgilaydi. Yillar o'tib u nodavlat tashkilotga asos soladi.


Qizlarni himoya qiluvchi tashkilot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:54 0:00
Yuklab oling

2006-yilda Dallas Jessap bir video klip yaratgan edi. Maqsad – o’quvchilarga o’zini himoya qilishni o’rgatish.

Yaqinda u kollej, universitet qizlari uchun yana bir video ishladi. Unda bilim yurti, yotoqxonalarda tahdidlarga e’tibor qaratilgan. Qizlar zo’ravonlik qurboniga aylanmasin uchun.

“Butun dunyo qizlari bu videoni bepul tomosha qilishi va qiyin vaziyatdan chiqib ketishni o’rganishi mumkin,” - deydi u.

Qiyin vaziyatga tushib qoldingmi, kurashib o’tirma, deya maslahat beradi Jessap. Hujumchini tishla, ko’ziga qarab musht tushir yoki “o’t ketdi” deb dod sol. So’ngra undan qochishga urin.

“Yordam bering!” yoki “Urishyapti!” deb qichqirma, chunki odamlar bundan qo’rqadi va aralashmaydi, deya tushuntiradi u.

Taekvon-do bo’yicha qora belbog’ sohibasi Jessap “O’t ketdi deb dod sol” tashkilotining qizlar bilan ishi haqida hikoya qiladi.

“Mahalliy maktablar va bilim yurtlariga boramiz, qizlar bilan alohida, birga-bir ishlaymiz. Ular hayotda asqatadigan uslublarni tushunishi va o’rganishi kerak,” - deydi Jessap.

Yaqinda instruktorlarni tayyorlovchi dastur ish boshladi.

“Biz hammani, ayniqsa, jamoalar yetakchilarini jalb etamiz. So’ngra ular o’z mahallasiga qaytib, qizlarni himoya qilishda davom etadi,” - deydi faol.

“Ot ketdi deb dod sol” dasturi 65 mamlakatda faoliyat yuritmoqda.

O’tgan yili Jessap Hindistonga bordi, ikki hafta davomida o’ndan ziyod kollejda qizlarga zolimlar qo’liga tushib qolmaslikni o’rgatdi.

O’z faoliyati yuzasidan Dallas Jessap Kongress a’zolari oldida ham chiqish qilgan, turli mukofotlar olgan.

Yaqinda unga dunyoning eng zaif bolalarini himoya qilishga harakat qilayotgani uchun Bolalar dunyosi nomli xalqaro mikofoti berildi.

Dallas Jessap videokliplarini internetda ko’rish mumkin: justyellfire.com
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG