Breaking News

AQSh Suriya muxolifatiga harbiy yordam bermoqchi


AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifatiga ko'makni oshirish bo'yicha yangi qaror qabul qildi.
AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifatiga ko'makni oshirish bo'yicha yangi qaror qabul qildi.
Oq uyning xabar berishicha, Bashar Al-Assad rejimi muxolif kuchlarga qarshi kichik doirada kimyoviy qurol qo’llagani tasdig’ini topgan. Shunga ko’ra, Barak Obama isyonchilarga yordamni oshirish, jumladan, harbiy ko’mak ko’rsatish bo’yicha yangi qaror qabul qilgan.
AQSh Suriyaga yordamni oshirmoqda, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00
Yuklab oling

Obama ma’muriyati tarqatgan yangi ma’lumotga ko’ra, o’tgan yili kimyoviy qurollar, jumladan, zarin gazi isyonchi kuchlarga qarata bir necha marotaba qo’llangan. Bunday hujumlarda taxminan 150 odam halok bo’lgan. Qurbonlar soni bundan ham ko’p bo’lishi mumkin.

Oq uy bu boradagi hisobotni Kongressga taqdim etdi. Shuningdek, ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Rossiya hukumati bilan ham baham ko’rilgan.

Strategik aloqalar bo’yicha Milliy xavfsizlik maslahatchisi muovini Ben Rodezning aytishicha, Suriya mojarosi yuzasidan prezident Obamaning sabr kosasi to’lmoqda.

Ammo bu amerikalik askarlarning janglarda qatnashishini anglatmaydi, balki Suriya muxolifat kengashiga to’g’ridan-to’g’ri harbiy yordam berishni ko’zda tutadi, deydi u.

“Avval qilgan ishlarimizga solishtirganda, bu safargi yordamning ko’lami ham, miqdori ham butunlay boshqacha bo’ladi. Kimyoviy qurollar qo’llangani bois prezident yangi qaror qabul qildi. Aynan qanday yordam berilishi haqida aniq aytolmayman, ammo maqsad muxolifat oliy harbiy kengashi amalga oshirayotgan ishlarning samaradorligini oshirish”, - deydi xavfsizlik bo’yicha AQSh rasmiysi.

Rodezning aytishicha, yordam mintaqadagi AQSh hamkorlari, jumladan, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu borada Britaniya va Fransiya bilan ham fikr almashilgan.
Oq uy rasmiysining ta’kidlashicha, Suriya uzra harbiy samolyotlar uchishi taqiqlash bo’yicha qaror qabul qilingani yo’q. Ammo ehtimoliy holatlar uchun turli rejalar ishlab chiqilgan.

Ayni paytda Suriyadagi vaziyatni o’nglash bo’yicha AQSh isyonchi kuchlar va boshqa hamkorlar bilan muzokaralar olib borishda davom etadi, deydi Ben Rodez. AQSh munozaraga siyosiy yechim topish mumkinligiga hanuz ishonadi va bunday muloqotda har ikki tomon ishtirok etishi kerak, deydi Oq uy rasmiysi.

Isyonchilar muzokaralar boshlanishi uchun Bashar al-Assadning hokimiyatdan ketishini shart qilib qo’ymoqda. Rossiya esa bunga qarshi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG