Breaking News

Yoshlarni ta'lim orqali to'g'ri yo'lga qaytarayotgan tashkilot


Jinoyat keng tarqalgan shaharlarda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:51 0:00

Jinoyat keng tarqalgan shaharlarda

Shu yilning birinchi yarmida AQShning ko’p shaharlarida qotilliklar ko’paydi. Qurbonlar orasida yoshlar kam emas. Shahar rahbarlari va huquq-tartibot organlari zo’ravonliklarga qarshi chora-tadbirlar ko’rmoqda. Nyu-Jersi shtatidagi eng katta shaharda yoshlarga yordam beradigan bir necha dastur bor.

Nyu-Jersi shtatining Nyuark shahrida qotillik, og’rilik, narkotiklar savdosi kuchaygan, jinoiy to’dalar ko’paygan. Aholi norozi, ayniqsa yosh afro-amerikaliklar orasida o’lim hollarining ko’pligidan.

“Zo’ravonlikning shu qadar ko’pligi ayanchli, ayniqsa qora tanlilar orasida bir-biribini o’ldirish hollari talay”, - deydi mahalliy faollardan biri Rejji Miller.

Miller qora tanli yoshlarga ijtimoiy va ruhiy yordam beradigan dasturni boshqaradi. U yigit va qizlarni yomon yo’lga kirmasdan kollejda o’qishga undaydi.

“Hayotiga bir nazar solishini istayman, o’qish kerakligini tushunsin, deyman. Jamiyatga xizmat qilish kerakligini anglasin, aks holda egri yo’lga kirib, bir umr pushaymon bo’lib yurishi hech gap emas”, - deydi faol.

Dennis Rodrigez jinoyatga qo’l urgan, lekin hayotini o’zgartirmoqchi bo’lgan yoshlar yo’q emas, deydi.

“Ular iqtidori va bilimi borligini biladi, lekin aksariyati bu iqtidor va bilim hech kimga kerak emas, deb o’ylaydi. Shuning uchun bor kuch-quvvatini, bor bilimi va iqtidorini egri ishlarda qo’llaydi, jamiyatga hissa qo’shishi mumkinligiga ishonmaydi”, - deydi talabalardan biri.

“Ko’chaga yana 450 politsiyachini safarbar etishimiz mumkin. Buning uchun mablag’ yetarli”, - deydi Nyuark meri Ras Baraka.

Hokim yoshlar orasida jinoyatchilikni kamaytirishga bel bog’lagan. Ko’rilgan chora-tadbirlar kam emas. Masalan, ko’chalarni qo’riqlaydigan politsiya patrulining soni oshirildi. Biroq natijani 100 foiz ijobiy deysh qiyin. Baraka sobiq maktab direktori, shu sababli yoshlar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirmoqchi, ayniqsa shaharning jinoyat ko’p sodir etiladigan mahallalarida.

Merga bu ishda yordamlashayotganlardan biri Darrel Prays. U maktabni tashlab ketgan yigit-qizlar uchun kurslar tashkil etdi. Bu yerda o’qish va kasb egallash mumkin, deydi dastur rahbari.

“Ilgari jinoyatga qo’l urgan yoshlarimiz orasida qayta jinoyat sodir etish hollari besh foizdan kamroq”, - deydi u.

Jasmin Barnett 17 yoshda. Maktabni tugatishni ilgari o’ylamagan ham edi. Farzand ko’rqach esa maktabga qaytdi. Diplom olib, ish topishim kerak, deydi u.

“O’zgarishga bir odam turtki berishi mumkin. Men uchun bunday odam o’g’ilcham bo’ldi”, - deydi o’quvchi.

Mahalla faollari shaharda yoshlar orasida jinoyatni kamaytirish uchun ko’proq dasturlar kerak, deydi. Shunda to’g’ri yo’lga qaytayotgan yigit-qizlar ko’payadi.

Amerika hayotidan: Yoshlar orasida jinoyatga qarshi kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG