O'zbekistonda hukumat partiyalar orasida raqobatni kuchaytirmoqchi


Prezident Islom Karimov siyosiy partiyalar faolligini oshirish haqidagi qonunga imzo chekkan

Prezident Islom Karimov siyosiy partiyalar faolligini oshirish haqidagi qonunga imzo chekkan

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonunga kiritilgan o`zgartirishlarni tasdiqlagan. Qonun siyosiy partiyalar o`rtasidagi raqobatni kuchaytirishga qaratilgan. Lekin fuqarolar muxolif harakat vakillari bilan aloqa qilgani uchun qamoqqa tashlanayotgan bir sharoitda bunday o`zgarishlar aslida avtoritar hukumatning navbatdagi siyosiy nayrangi sifatida baholanmoqda.


O`zbekistondagi mavjud rasmiy partiyalardan birortasi hukumatga muxolif emas. Shu bois boshqaruv partiyalar o`rtasida raqobatni kuchaytirishni tavsiya qilayotgani mantiqsiz ko`riladi.

“Adolat” sotsial demokratik partiyasi faollaridan biri deydiki:

“Yangilikka ko`ra, mahalliy kengashlardagi deputatlar guruhi besh kishidan ham iborat bo`lishi mumkin. Endi siyosiy partiylar o`zlarining dasturiy go`yalarini targ`ib qilishni kuchaytirishi kerak. Partiyalar bitta maqsad sari harakat qilishadi, lekin raqobatda bo`lib, bunga har xil yo`nalishda borishadi”, - deydi ism-sharifi aytilmasligini so’ragan bu vakil.

Yaqinda Namanganda oddiy fuqaro Qudrat Rasulov muxolifat bilan aloqa qilgani uchun sakkiz yilga qamoqqa tashlandi.

Xorijda asoslangan O`zbekiston xalq harakati a’zolaridan To`lqin Qoraev Qudrat Rasulov bilan internetda ijtmoiy tarmoqlar orqali gaplashgan.

“O`zbekistonda siyosiy partiyalar o`rtasida raqobatni kuchaytirishni o`zi aqlga sig`maydi, tushunarsiz narsa. Nima uchun raqobatni kuchaytirish kerak? Xalq hokimyati o`rnatilgan normal davlatda siyosiy partiylar o`z-o`zidan raqobatda bo`ladi va hokimyatga intiladi. O`zbekistondagi rejim muxolif partiya tushunchasini qabul qila olmaydi. Mana Qudrat Rasulov bilan bog`liq vaziyat. U muxolifatdagi siyosiy partiyalar bilan emas, O`zbekiston xalq harakati vakili bilan, aniqrog`i faqat men bilan gaplashgan edi… Rejim odamlar muxolif harakatlar bilan muloqat qilmasligi uchun, oqibati qanday bo`lishini ko`rsatib qo`yish uchun ham Rasulovni shu tariqa jazoladi”, - deydi To`lqin Qoraev.

O`zbekistonda hukumatga muxolifligini e`lon qilgan biror partiya ro`yxatga olinmagan. Rasmiy partiyalar hukumat tomonidan tashkil qilingan va boshqariladi. Xalq hayotidan ham, hukumatga da’vogarlikdan ham uzoqda bo`lgan bu partiyalar ishtirokida adolatli, haqiqiy saylovlar o`tkazish esa imkonsiz ko`riladi. Parlament saylovlari yaqinlashar ekan, hukumat pariyalar o`rtasida raqobatni kuchayishni xohlaydi.

“Hukumat kutilyotgan parlanent saylovlarini maksimal darajada raqobatli saylov sifatida ko`rsatishga harakat qiladi. Lekin raqobat tabiiy jarayon. O`zbekistonda esa bu narsa yo`q. Buni esa sun’iy tarzada, ko`pirtirish uchun shunday qonunlar qabul qilinayapti. Bundan maqsad esa xalqaro jamoatchilikni ko`zini bo`yash”, - deydi To`lqin Qoraev.

“Adolat” partiyasi vakiliga ko`ra, bu harakat ayni paytda parlament saylovlariga tayyorgarlik boshlagan. Qonundagi o`zgarishlar raqobatni kuchaytirish uchun imkoniyatlar beradi, deydi u.

“Tuman, viloyat kengashlaridagi deputatlar guruhini besh kishi miqdorida belgilanishi partiyalarga imkon beradi. Ularning tarkibi kengayadi. Partiya go`yalarini odamlarga singdirishi osonlashadi. Raqobat kuchayadi. Shu maqsadlar bor yangi qonunda. Tanqidiy maqolalar, chiqishlar ham bo`layapti. “Adolat” partiyasining maqsadi - ijtimoiy adolatni kuchaytirish, boshqa partiyalar uchun men javob bermayman”.

Oliy Majlis ayni paytda mamlakatdagi to`rtta rasmiy partiya va O`zbekiston ekologlari harakati vakillaridan tashkil topgan. Islom Karimov dastlab O`zbekiston demokratik xalq partiyasi, keyinchalik O`zbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ko`rsatilgan. 23 yildirki rahbarlikda qolayotgan Karimov muxolif siyosiy partiyalarga ham, prezidentlik uchun raqobatga ham chidamsiz avtoritar rahbar sifatida tanilgan.

O'zbekiston Senati (senat.uz)

O'zbekiston Senati (senat.uz)

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG