Breaking News

Karib inqirozidan 50 yil o’tib…


AQSh prezidenti Jon Kennedi SSSR rahbari Nikita Xrushyov bilan, 3-iyun, 1961-yil.
AQSh prezidenti Jon Kennedi SSSR rahbari Nikita Xrushyov bilan, 3-iyun, 1961-yil.
Bundan yarim asr avval dunyoda katta bir urush, yadroviy mojaroning oldi olingan. Bu voqea tarix sahifalariga “Karib inqirozi” sifatida kirgan.

Kuba inqirozidan 50 yil o'tib... Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00
Yuklab oling

Dunyoni atom urushi bo'sag'asida turgan kunlar/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00
Yuklab oling

Sovet Ittifoqi rahbari Nikita Xrushyov 1962-yilda Kubada yadroviy raketalar joylashtirishga buyruq beradi. Buning esa bir necha sabablari bo’lgan.

1961-yilning yanvar oyida AQSh yangi prezidenti Jon Kennedi kommunist Kuba asosiy nishondagi davlat deya bayon qiladi. Bu bilan u inqilobchi va Sovet Ittifoqining yaqin hamkori Fidel Kastroga ishora qilgan.

1961-yilning aprel oyida Kennedi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasiga Kastroni hokimiyatdan ag’darish rejasini amalga oshiring deya buyuradi.

Sovet Ittifoqi Fidel Kastroga yordam berishga majbur edi, deydi Xrushyovning o’g’li Sergey Xrushyov.

“Qudratli davlat sifatida Sovet Ittifoqi barcha hamkorlari va sheriklarini himoya qilishi kerak edi axir, yadroviy urush orqali bo’lsa-da. Sovet razvedkasi to’plagan ma’lumotga ko’ra, Amerika kuzda, taxminan oktabr oyida Kubani bosib olishni rejalashtirayotgan bo’lgan. Gapning ochig’i, o’sha davrda Kuba Sovet Ittifoqi uchun dushman hududidagi kichik befoyda yer parchasiga aylandi, xuddi G’arbiy Berlin AQSh uchun shunday bo’lganidek”.

Karib inqirozi haqida kitob yozgan Grem Ellison deydiki, o’sha davrda Sovet Ittifoqi qudrati AQShga qaraganda, xususan Yevropadagi qo’shinlari soni jihatidan, ancha katta edi.

“Qo’shma Shtatlar nima qilib bo’lsa ham G’arbiy Berlinni himoya qilish niyatida edi. Xrushyov G’arbiy Berlin muammosini uni Sovet Ittifoqi qaramog’iga o’tkazish orqali hal etishga uringan. AQSh esa ham Eyzenxauer, ham Kennedi prezidentligi davrida yadroviy urush boshlasak ham bunga yo’l qo’ymaymiz, deb turib olgan. Shunday qilib, Berlin masalasi Kuba raketalar krizisi bilan birdek muhim edi”.

1961-yilning iyun oyida prezident Kennedi va Sovet rahbari Xrushyov Avstriya poytaxti Venada uchrashadi. G’arbiy Berlin yuzasidan muzokaralar natija bermadi. Xrushyov Kennedini tajribasiz va zaif deb hisoblagan. Uchrashuv ketidan Xrushyov Kubada raketalar joylashtirishga ahd qiladi.

Ellison deydiki, Moskva qarori ortida yana bir sabab bo’lgan:

“Xrushyov va Sovet Ittifoqi uchun bu g’arbiy yarimshar tomon jiddiy qadam bo’lgan. Dunyoning bu qismida ham qudratga ega bo’lish uchun harakat”.

Insoniyatni yadroviy urush bo’sag’asiga olib kelgan bir urinish, deydi tarixchilar.

Ikki hafta davom etgan bu krizis BMT aralashuvi bilan yakunlangan. 1962-yilning 28-oktabrida Jon Kennedi va BMTning o’sha paytdagi bosh kotibi U Tan Nikita Xrushyov bilan yashirin kelishuvga erishadi. Unga ko’ra, Sovet Ittifoqi Kubadagi raketalarini olib chiqadi. Amerika esa Kubaga hech qachon hujum qilmaslikka so’z beradi. Tomonlar bu borada ochiq bayonotlar chiqaradi. AQSh, shuningdek, Turkiya va Italiyadagi raketalarini ham yo’q qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG