Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 05:40

Xalqaro

Fransiyada yashovchi maliliklar intervensiyani olqishlamoqda

Fransuz qo'shinlari Malida, 25-yanvar, 2013-yil.
Fransuz qo'shinlari Malida, 25-yanvar, 2013-yil.

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Fransiya Malida islomiy jangarilarga qarshi kurash olib borayotgani Afrika g’arbidagi bu davlat aholisining mo’tadil qatlami tomonidan olqishlanmoqda. Biroq ayrimlarga bu Yevropaning mustamlakachilik tarixini eslatadi. 

Parij chekkasidagi Foye Bara mahallasida Malidan ko’chib kelgan jamoa yashaydi. Xoh qahvaxonada bo’lsin, xoh sartaroshxonada, Fransiyaning harbiy intervensiyasi qizg’in muhokamada.

Malilik talaba Lammi Kamara Fransiya islomni noto’g’ri talqin qilayotgan bu odamlarga, mutaassiblarga qarshi chiqqani to’g’ri, deydi. Biroq uning fikricha, Malining shu ahvolga tushib qolishida Fransiyaning ham aybi bor.

"Shimoliy hududlar qoloq, qashshoq bo’lgani uchun ham islomiy kuchlar ta’siriga tushgan, mojaro urug’ini sochganlar esa aynan mustamlakachilar", - deydi Kamara.

Shunga qaramay Parijdagi maliliklar jamoasi harbiy operatsiyani olqishlaydi.

Yaqinda o’tkazilgan birdamlik konsertida Sotsialistlar partiyasi raisi Xarlem Desir so’zga chiqib, Fransiya Malining erkin, yaxlit va barqaror bo’lishini istaydi, deya bayon qildi.

Maliliklar kengashi vitse-prezidenti Mahamadu Sisse Fransiya siyosatini neokolonializmga qiyoslaydi.

Uning aytishicha, Fransiya bir paytlar Afrikaning ko’p davlatlarida hukmron bo’lgani sabab uning hozirgi harakatlarini hamma ham to’g’ri tushunmasligi mumkin.

"Lekin aynan hozirgi sharoitda Fransiya qarorini oqlasa bo’ladi", - deydi Sisse.

Professor Damien Elli Afrikaning bir nuqtasida mojaro alanga olsayu, qit’a davlatlari yordam berishga ojizlik qilsa, sobiq mustamlakachi davlatlar nima qilishni bilmay hayron, deydi.
 
Olimga ko’ra, Fransiya Yevropaning boshqa davlatlaridan Malidagi missiyani qo’llashini kutgan edi.

“Bu butun Yevropa uchun sinov. So’nggi 4-5 yilda Yevropa davlatlarida mojaro zonalariga askar yuborishga ishtiyoq yo’q. Yolg’iz Fransiya qo’shin kiritaylik, deya hammani ko’ndirishga harakat qilyapti, lekin hech kim buni istamayapti”, - deydi mutaxassis.

Foye Bara aholisi islomiy jangarilar ustidan tez kunlarda uzil-kesil g’alabaga erishiladi, degan umidda. Fransuz qo’shinlari Malini tark etganidan so’ng mamlakatni nimalar kutayotgani ko’pchilikni tashvishlantirmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Xotin-qizlarni xo'rlash jamiyatni xo'rlashdir, deydi Jimmi Karter/Carter-Womeni
X
23.04.2014 22:27
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, dunyo bo’ylab har uch ayoldan biri hayoti davomida kamida bir marta jinsiy yoki jismoniy tajovuzga uchraydi. AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter buni inson huquqlarini poymol etishning eng qo’rqinchli ko’rinishi deb ataydi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI