Breaking News

Chapaqaylar qanday odamlar?


Hisoblarga qaraganda, insoniyatning 10-12 foizi chapaqay ekan. Yillar osha turli jamiyatlarda bunday odamlarni badkor, zolim va noinsof deb tasvirlashgan. Ammo bugun tadqiqotlardan bilamizki, chapaqaylar orasida muvaffaqiyatga erishgan, har tomonlama komil insonlar ko’p.

Chapaqaylar qanday odamlar?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00
Yuklab oling

73 yoshli Jon Barker tug’ilganidan beri chapqo’l. Buning noqulay, kishini o’ng’aysiz holatga soladigan jihatlari ko’p, deydi u.

“Mana qarang, papkada yozish uchun qo’limni qayerga qo’yishni bilmayman”.

O’ng qo’llilar uchun yozilgan dasturxonni ham moslashtirmasa bo’lmaydi.

“Suvingizni olib bu tomonga qo’yasiz. Fujer joyini ham doimo o’zgartiramagan. Faqat salfetka joyida qoladi”, - deydu Barker.

Jon Barkerning umri mas’uliyatli lavozimlarda o’tgan. 1960-yillarda u prezident Lindon Jonsonning qo’lida ishlagan. Sobiq prezident Bill Klinton hali gubernator bo’lgan davrda uning so’zlovchisi bo’lgan. Barker o’shanda chop etilgan bir tibbiy tadqiqotni eslaydi. Unda yozilishicha, chapaqaylar 80 yoshga kirmasdan vafot etarmish.

“O’sha tadqiqotda, shuningdek, chapqo’l odamlarga ishonib bo’lmaydi, ular tavakkal qilishni yaxshi ko’radi, o’zini xavf ostiga qo’yishga moyil, degan gaplar yozilgan edi. Shu sababdan ular uzoq yashamaydi, degan xulosani o’qib, juda xafa bo’lganman”, - deydi Barker.

Barker sobiq prezident katta Jorj Bushning hayotini yaqindan kuzatadi, chunki u ham chapaqay. Bush 80 yoshini va yaqinda 90 yoshini ham samolyotdan sakrab nishonlaganini ko’rib, ko’ngli joyiga tushdi.

Chapaqay bo’lgan mashhur insonlar qatorida Barak Obama, Albert Eynshteyn va Napoleonni sanab o’tish mumkin. Ekspertlar fikricha, chapaqaylar moslashuvchan, til o’rganishga usta va irimga berilgan bo’ladi.

23 yoshli Uzo Ihekvoabaning ota-onasi Nigeriyadan. Chapqo’lligi uni boshqalardan ajratib turishini aytadi.

U chapaqayligi bilan faxrlansa-da, Nigeriyadagi maktabida vaziyat boshqacha edi.

“Sinfimizda qaysi bola chap qo’lida yozsa, o’qituvchilar ularni o’ng qo’lga o’tishga majburlashardi”.

Uzoning ijodiy mahorati yuqori. Filmlar uchun ssenariy va sherlar yozadi, musiqa bastalaydi. Hissiyotlarimni ifodalash hech qachon qiyin bo’lmagan, deydi u.

“Chapaqayligim menga doimo omad keltirgan”.

Chapaqaylar haqida yana bir gap bor: Ular eng yuqori cho’qqilarga intilishadi.

Chapaqaylar orasida mashhur insonlar ko'p - Famous lefties
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG