Yakshanba, 19-aprel, 2015 Toshkent vaqti: 14:28

Amerika

Obama Kongressdan "qarz shifti"ni ko'tarishni so'ramoqda

Prezident Obama
Prezident Obama
Amerika Ovozi
Barak Obama ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishiga bir hafta qolarkan, davlat rahbari Oq uyga jurnalistlarni taklif etib, matbuot anjumani o’tkazdi. Tadbirda iqtisodiyotga urg’u berildi.

Prezident Obama matbuot anjumanidan foydalanib, Kongressni mamlakatning qarz olish minimumini oshirishga chaqirdi. AQSh qarzi ayni damda 16,4 trillion dollar bo’lib, Kongress ruxsatisiz qo’shimcha qarz olish mumkin emas.

Obamaning aytishicha, respublikachi qonunchilar kelasi bir necha haftada “qarz shifti”ni ko’tarishi lozim, aks holda olingan qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash imkoni bo’lmay qoladi va Qo’shma Shtatlar defoltga uchrashi mumkin. Obamaning aytishicha, hozirgi pul bir necha haftaga yetadi, xolos.

“Kongressdagi raqiblarimiz davlat qo’shimcha xarajatlarga qayg’uryapti deb o’ylamasin. Pul moliyaviy majburiyatlarimizni o’z vaqtida bajarish uchun kerak”, - deydi Obama.

So’nggi bor qarz olish minimumi 2011-yil o’rtalarida ko’tarilgan edi.

"Amerika yalqov davlat emas. Shu paytgacha to’planib qolgan to’lovlarni yopish lozim”, deydi prezident.

Matbuot anjumanida so’nggi paytda mamlakat bo’ylab qizg’in bahslarga sabab qurol nazorati masalasi ham tilga olindi. Jamoat joylarida zo’ravonliklarning oldini olish uchun Oq uyda maxsus guruh tuzilib, vitse-prezident Jo Bayden unga rahbar etib tayinlangan.

Ertaga Bayden bu boradagi takliflarni prezidentga taqdim etadi. Ayrimlar nazarida avtomatik qurollar savdosi man qilinishi mumkin. Qurollarning bunday turiga joriy etilgan moratoriy 2004-yilda kuchini yo’qotib, o’shandan beri yangilanmagan edi.

Obamaga ko’ra, qurol sotishdan oldin xaridor haqida ko’proq ma’lumot olish kerak.

Amerika qurol uyushmasi rahbari Deyvid Kin Kongress avtomatik qurollarni taqiqlashiga ishonmaydi. Prezident Obamaning aytishicha, har bir qonunchining hujjatga qanday ovoz berishi vijdoniga havola. Qurol savdosini taqiqlash yoki qattiq nazorat qilishga da’vatlar kuchayar ekan, unga egalik qilish huquqi Konstitutsiyada bitilgan.

Oxirgi ikki yilda Amerikaning bir necha shtatlaridagi maktab, universitet va kinoteatrlarda o’nlab begunoh odamlar otishmalarda o’lgan. So’nggi bor dekabr oyida Konnektikut shtatidagi boshlang’ich maktabda bir odam 26 kishi, jumladan 20 o’quvchini otib o’ldirgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Obamaning yangi ma’muriyatiga faqat oq tanlilar taklif etilayotganiga doir tanqidga e’tibor qaratdi. Bunga javoban davlat rahbari lavozimlarning barchasi hali to’lmaganini aytib, sabrli bo’lishga chaqirdi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Global iqtisodiyot va kambag'alliki
X
18.04.2015 18:57
Ko’pgina mamlakatlarda 2008-yilgi inqiroz oqibatlari hamon seziladi, ishsizlik darajasi balandligicha qolmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kapitoliy - AQSh Kongressi joylashgan bino, Vashington

  • O'zbekistonda qiynoqlar haqida yangi hisobot
  • Xalqaro Amnistiya va Ochiq Jamiyat Instituti ekspertlari hamda BMT Qiynoqlarga qarshi maxsus vakili qatnashdi. Shuningdek, O'zbekistonda 1999-yildan beri qamoqda o'tirgan Muhammad Bekjonning oilasi.

Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonda qiynoqlar tinmayapti, dunyo boshqa ko'z yuma olmaydi, deya bong urmoqda Xalqaro Amnistiya

O'zbekiston hibsxona va qamoqxonalarida qiynoqlar muntazam kuzatiladigan hol va bu muammoga ko'z yumish yoki uni tan olmaslik vijdonsizlikdir, deya bong urdi Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) tashkiloti bugun Vashingtonda AQSh Kongressi qoshida o'tgan brifingda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI