Breaking News

Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ishonch past


Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ishonch past
Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ishonch past

Shu kunlarda Xitoy matbuoti oziq-ovqatni ishlab chiqarish va saqlash amaliyotidagi jiddiy qonunbuzarliklar haqidagi maqolalarga to’la. Bu masala butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega, chunki Xitoy iqtisodi o’sishda davom etar ekan, undan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilayotgan mamlakatlar soni ham tobora ko’paymoqda. Ular orasida AQSh katta o‘rin egallaydi.

Xitoyning Shandong viloyatidagi dengiz mahsulotlari fabrikasi
Xitoyning Shandong viloyatidagi dengiz mahsulotlari fabrikasi

25 yoshli Vu Xen - Shanxay universiteti talabasi. Yaqinda u oziq-ovqat xavfsizligiga bag’ishlangan ma’lumotlarni bir joyga to’plovchi maxsus internet sayt ochdi.

“Qoramol go’shti deb sotilgan mahsulot aslida arzon cho’chqa go’shti ekani aniqlangan. Men ham boshqalar sirasida uni yeganman”,- deydi talaba.

Veb sayt hozirga kelib 2 mingdan ortiq holni qayd etgan.

Pekin
Pekin

2008-2010 yillar orasida oziq-ovqat xavfsizligi talablarini buzish hollari kamaygan, lekin joriy yilda yana ko’paymoqda.

2008 yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan quruq sutdan zararli moddalar topilgan edi. Uni iste’mol qilgan olti go’dak nobud bo’lgan, minglab odamlar zaharlangan. O’shanda bu xabar butun dunyoda shovshuvga sabab bo’lgan edi.

Shi Baochan - Xitoy iste’molchilari uyushmasi deb nomlangan davlat muassasi xodimi. Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida ko’pgina muammolar qayd etilgan, deydi u.

Xitoy tekshiruv markazlarida
Xitoy tekshiruv markazlarida

Masalan, achigan mantiga kimyoviy modda qo’shilgan va “endi tugilgan” deb sotilgan. Restoranlarda esa ovqat qovurishda ishlatilgan yog’ shu qadar eski bo’lganki, odam organizmida saraton kasalligiga sabab bo’ladigan moddaga aylangan.

Xitoy hukumati masalaga jiddiy yondashadi, odamlar esa odatda hamma narsa haqida oshirib-toshirib gapiradi, deydi Shi.

AQSh ilmiy laboratoriyalarda
AQSh ilmiy laboratoriyalarda

“Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bundan besh yil oldingi vaziyatga qaraganda ancha yaxshi, - deydi rasmiy. - Ammo odamlar vaziyat yomonlashgan, deb o’ylaydi. Bunga internet sababchi. Internetdagi maqolalar har doim ham haqiqatga to’g’ri kelavermaydi. Bu esa shovshuv va odamlar orasida qo’rquvga olib keladi”.

Ko’pgina mamlakatlar, shu jumladan Qo’shma Shtatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi qonunlar qabul qildi. Vashington va Pekin buni ochiq muhokama qilmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xong Li deydiki, oziq-ovqat savdosi biznes hamkorlikning katta qismi. Sifat va xavfsizlik strategik masalalar va ularni hal etish lozim, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG