Chorshanba, 19-iyun, 2013 Toshkent vaqti: 20:17

Fotogalereya

 

Fotogalereya Yoz - Markaziy Osiyo bolalari uchun pul ishlash payti

Avtoulov yuvayotgan, poyafzal tozalayotgan, arava tortayotgan o’spirinlarni ko’plab uchratish mumkin. Qishloqda bolalar dalaga chiqadi, mol-qo’y haydaydi, kimdir g'isht quyadi, kimdir tosh tashiydi. Choyxona, nonvoyxonalarda yugurdaklikni ham bolalar qiladi. Odamlar farzandlarini yoshligidan mehnatga, hunarga o’rgatishga odatlangan. Ko’pchilik bolalarini temirchiga, duradgorga, oshpazga, qo’yingki hunarmandga shogirdlikka beradi. Ko’cha changitgandan ko’ra, hunar o’rgansin, deydi ota-onalar. Qolaversa, bolalarning oila byudjetiga hissasi ham ahamiyatga ega.

Fotogalereya "Katta sakkizlik" sammiti

Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida dunyoning eng rivojlangan davlatlarini o'ziga jamlagan "Katta sakkizlik" sammiti bo'lib o'tmoqda. Unda terrorizmga qarshi kurash, xalqaro korporatsiyalarning soliqdan bo’yin tovlashiga yo’l qo’ymaslik hamda Suriya mojarosi muhokama etilmoqda.

Fotogalereya Afg'onistondagi bugungi hayot

Uzoq yillik urushlardan tinkasi qurigan afg'on xalqi bugun sal bo'lsa-da yengil nafas olishga urinmoqda, ammo barqarorlik bu mamlakat uchun hamon orzu.


Fotogalereya Ilhom Ne'matov AQShda elchilikni tugatdi

2010-yildan beri Vashintonda O’zbekiston elchisi bo’lgan Ilhom Ne’matov Toshkentga qaytmoqda. Uning o’rniga Baxtiyor G'ulomov, uch yildan beri Belgiyada elchilik qilib kelayotgan diplomat, tayinlanishi kutilmoqda. Ammo bu nomzodlik O’zbekistonda hali rasman tasdiqlanmagan. O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida olingan suratlar, 13-iyun, 2013

Fotogalereya Taksim namoyishchilardan tozalandi

11-iyun kuni olib borilgan keskin harakatlar natijasida bugun maydon butkul politsiya nazorati ostida.

Fotogalereya Taksim maydonida vaziyat keskinlashgan

Taksim maydonida hukumatdan norozi guruhlarning namoyishi davom etmoqda. Ularni tartibga solish uchun maydonda politsiyachilar soni oshirilgan.


Fotogalereya O'sh, xunrezlikdan keyingi hayot

O'shda minglab odamlar o'tgan yilgi qirg'in ketidan hayotini yangidan boshlashga majbur... Vayron bo'lgan uylar astalik bilan yana qad ko'tarmoqda. Tirikchilik qilish bag'oyat qiyin. Lekin kelajakdan umid qilmay iloj yo'q. Hayot davom etadi.


Fotogalereya Turkiyada hukumatga qarshi chiqishlar

Turkiyaning Istanbul va boshqa shaharlarida hukumatga qarshi namoyishlar davom etarkan, politsiya bugun ham ommani tinchitish uchun ko’zni yoshlantiradigan gaz va suv ishlatgan.

Fotogalereya Turkiyada tinimsiz namoyishlar

Istanbulning Taksim maydoni minglab odamlarga to'la... Haloyiq bu yerda rejalagan biznes inshootlar va hukumatning xalq bilan hisoblashmay qaror qilganidan norozi. Politsiya namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatgani odamlarning g'azabini kuchaytirgan. Hukumat qarordan qaytmayapti, ammo xavfsizlik organlari qilgan xatolarni qoraladi.


Fotogalereya Istanbul yuragi - to'qnashuvlar maydoni

Ikki kundirki, Istanbulning yuragi hisoblangan park to’qnashuvlar maydoni. Istirohat bog’ining tijoriy markazga aylanishiga qarshi chiqayotgan omma politsiya bilan olishmoqda. Taksim maydoni sifatida tanilgan joy azaldan siyosiy va madaniy chiqishlar uchun xizmat qilgan.

Fotogalereya Xo'jandda nazm va navo kechasi, fotosuratlarda

Tojikistonda norasmiy ma’lumotlarga qaraganda 2 millondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi. Mustaqillikdan so’ng ular O’zbekistondagi katta adabiy san’at muhitidan ajralib qolgan, lekin bu ramziy... Taniqli o'zbek san’atkorlari Tojikistonda ijodiy safarlarda bo’ladi. Radio-televideniye ham o’rtadagi bo’shliqni to’ldirib kelmoqda.

Fotogalereya Amerika urush qahramonlarini xotirladi

Har yili may oyining oxirgi dushanbasida Amerikada Xotira kuni nishonlanadi. Xalq vatan mudofaasi yo'lida jon bergan harbiy qiz-o'g'lonlarni yodga oladi.


Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.


Fotogalereya Andijon fojiasidan sakkiz yil o'tib... Haqiqatni kim biladi?

2005-yilning 13-mayida Andijon shahrida ro'y bergan qonli voqealarni guvohlar va hukumat turlicha talqin qiladi. Prezident Islom Karimov va uning ma'muriyati nazarida bu tashqi kuchlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan terror xuruji bo'lgan. O'sha kuni Bobur maydoniga davlat rahbarini ko'rishga chiqqan, maxsus kuchlar o'qidan qochib, bir amallab jon saqlab qolgan fuqarolarning aytishicha esa tinch aholi nishonga olingan. Andijondagi qamoqxonaga bostirib kirilgani, bir necha mahbuslar qochgani va soqchilar halok bo'lgani inkor etilmaydi. Xalqaro hamjamiyat voqea yuzasidan mustaqil tergov o'tkazishga chaqirgan, lekin O'zbekiston hukumati bunga yo'l bermay, uni o'zi taftish qilgan va o'nlab fuqarolar aybdor deb topilib, uzoq yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Hukumat hisobicha, o'lganlar soni 200 dan oshmaydi. Huquq himoyachilari esa yuzlab insonlar otib o'ldirilgan deydi.


Fotogalereya Qirg'izistonda mehnatkashlar kuni nishonlandi

Qirg'izistonda bahor boshlanib, ko'cha-ko'yda odamlar gavjumlashgan. Dehqon dalaga otlansa, shaharlarda xalq saylga chiqadi. Mehnatkashlar sovet davridan qolgan udumga rioya qilib, 1-may kuni kichik marsh o'tkazishga ham ulgurishdi.



Fotogalereya Ismat Rahimiy - o'zbekning kamtarin, jafokash va ma'rifatparvar shoiri

Sho’rolar davrida Tojikiston o’zbek ziyolilari orasida zamon va muhit makonida ilgarilab ketgan ijodkorlar ancha bo’lgan. Shulardan biri, shimoliy Tojikiston Konibodom nohiyasining Sho’rqo’rg’on qishlog’ida tug’ilib, kollektivlashtirish davrida Andijonning Butaqora qishlog’idagi kolxoz yoshlar maktabida ta’lim olgan Ismat Rahimiy... 1941-yil kuzida frontga jo’natilgan shoir va dramaturg. Ma’rifatparvar o’qituvchi ikkinchi jahon urushi yillarida ham ijodini to’xtatmadi. Abid 1973-yilda hayotdan ko'm yumgan, ammo u qoldirgan bebaho meros tillarda va dillarda.

Fotogalereya Xitoyning Sichuan viloyatida kuchli zilzila

113 kishi o'lgan, 2600 dan ziyod odam jarohatlangan. Aloqa va elektr tarmoqlari uzilgan.


Fotogalereya Johar Tsarnayev ushlandi

Hafta boshida Bostonda katta marafon paytida yuz bergan portlashlar ortida turganlikda gumon qilingan 19 yoshli Johar Tsarnayev qamoqqa olingan. 18-apreldan 19-aprelga o'tar kechasi shahardagi otishmada akasi Tamerlandan ayrilgan Johar kun bo'yi xavfsizlik kuchlaridan qochib yurdi va kechga borib, bir kemada qo'lga olingan. Yaralangan va tibbiy muolaja ko'rsatilmoqda.

Fotogalereya AQSh portlash qurbonlari uchun motamda

Bostonda 15-aprelda yuz bergan xurujlarda uch kishi o'ldi, 180 nafarga yaqin odam jarohatlandi. Tergov davom etmoqda. Kim nima uchun bomba qo'ygani noma'lum.

Fotogalereya Bostondagi portlashlar, 15-aprel, 2013

25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketdi. 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Butun Amerika bo'ylab xavfsizlik organlari oyoqqa turdi.


Fotogalereya AQSh elchisi Syuzan Elliot Xo'jandga safar qildi

AQShning Tojikistondagi elchisi Syuzan Elliot ko’hna Xo'jandda bo’lib, o’lka obidalari, mahalliy aholi udumlari va qiziqqon yoshlar bilan tanishdi. Diplomat viloyat va shahar rahbarlari, ziyolilar va hunarmandlar bilan uchrashdi. Rasmiy va norasmiy muloqotlarda Amerika va Tojikiston orasidagi aloqalar borasida so’z bordi.

Fotogalereya O'zbekiston rahbari Moskvada

Islom Karimov ikki kunlik tashrif bilan Moskvada. Bugun Kremlda u prezident Vladimir Putin bilan uchrashgan. O'zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotidan chiqqanidan beri Karimov va Putin ilk bor ko'rishayapti. 15-aprel, 2013-yil.


Fotogalereya Margaret Tetcher, 1925-2013

Britaniya sobiq bosh vazirasi Margaret Tetcher 87 yoshida olamdan o'tdi.