Turkmanistonda "Ozodlik Radiosi" muxbiri hibsga olingan


Turkmanistonda AQSh hukumati tomonidan moliyalanuvchi radiostansiya muxbiri Sazak Durdimuradov hibsga olingan.

"Ozodlik Radiosi" (Radio Free Europe/Radio Liberty) xodimi Lebap viloyatidagi ruhiy xastaliklar shifoxonasida saqlanmoqda.

Jurnalistlarni Himoya qilish Qo’mitasi Turkmaniston rasmiylarining qarorini qoralab, muxbirni ozod etishga chaqirgan.

Taxminlarga ko’ra, rasmiylar Durdimuradovdan "Ozodlik Radiosi"ga ishlamaslikni talab qilgan. Muxbir bosh tortgach, hibsga olinib, qiynoqqa solingan. Ayni paytda Turkmaniston hukumati Yevropa Ittifoqi bilan inson huquqlari borasida muzokara olib bormoqda.

Hafta boshida Xalqaro Amnistiya Tashkiloti Turkmanistonda inson huquqlari munzatam ravishda poymol etilayotganini ta’kidlagan. Huquq-tartibot va xavfsizlik xizmati xodimlari mas’uliyatsizlik va loqaydlik bilan harakat qilganlikda tanqid qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG