Afg'onistonda oziq-ovqatga muhtoj yetti million kishining yarmiga mablag' bor xolos

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda oziq-ovqatga muhtoj yetti million kishining yarmiga mablag' bor xolos

Afg'onistonda oziq-ovqatga muhtoj yetti million kishining yarmiga mablag' bor xolos

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi donor davlatlardan pul kam tushayotganidan nolib, Afg'onistonda yegulikka muhtoj millionlab odamlarga yordamini qisqartirayotganini ma'lum qilmoqda.

Boshqarmaning aytishicha, mablag' yetti million muhtoj odamdan yarmini boqishga yetadi xolos. Shu sabab birinchi galda bolalar va ayollarga oziq-ovqat ulashiladi. BMT agentligi to'liq sur'atda ishlash uchun qo'shimcha 220 million dollar kerak demoqda.

Bu o'rtada sharqdagi G'azni viloyatida ikki joyda bomba portlab, yetti kishi o'lgan. Qorabog' tumanidagi birinchi portlashda to'rt fuqaro, jumladan ikki bola, boshqa xurujda esa avtomobil bombaga duch kelib, uch afg'on nobud bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG