Arab yoshlari: "Islomiy davlat" yengiladi

  • Amerika Ovozi

Tunis yoshlari

Tunis yoshlari

Arab yoshlari "Islomiy davlat" yengilishiga ishonchi komil. Yigit-qizlar jangari to'daning mafkurasini rad etmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarida asoslangan tahlil instituti 16 arab davlatida o'tkazgan so'rov ana shundan dalolat bermoqda.

18-24 yoshdagi arablarning 77 foizi "Islomiy davlat" mintaqani qamraganidan xavotirda. Biroq guruh haqiqiy davlatga, tuzumga aylanishiga ular ishonmaydi.

So'ralganlar nazarida ishsizlik, imkonsizlik bois ham odamlar jangarilarga o'ralashib qoladi.

"Arab bahori"dan besh yil o'tib, bu yoshlarning ko'pi regionda barqarorlikni demokratiyadan muhimroq deb ta'riflaydi. Inqiloblar ortidan, deydi so'ralganlardan faqat 36 foizi, arab dunyosi ijobiy tomonga o'zgardi. Holbuki, 2012-yilda bu raqam 72 foiz edi.

So'rovda aniqlanishicha, mintaqada Saudiya Arabistoni, Birlashgan Amirliklari va Amerika asosiy ittifoqchilar sifatida ko'riladi.

So'rov 16 arab davlatida (Suriyadagi urush bois bu davlat istisno bo'ldi) 3500 yosh orasida o'tkazilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG