Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

  • Amerika Ovozi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misrda hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar ish tashlash e’lon qilgan odamlarni tartibga chaqirdi.

Bugun mamlakatda dam olish kuni. Lekin poytaxtda davlat xizmatchilari ko’proq maosh va erkinlik talab qilib, xizmatga umuman chiqmoqchi emas.

Ichki ishlar xodimlari ham haqqini talab qilib, namoyish qilgan.

Tahrir maydonida avvalgiday olomon yo’q. Faqat u yer, bu yerda yakka-yakka namoyishchilarni ko’rish mumkin.

Xavfsizlik xizmati tartib o’rnatib, odamlarni uy-uyiga jo’natgan.

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Poytaxt markazida o’rnatilgan chodirlar olib tashlandi.

Harbiylar parlamentni tarqatib, konstitutsiyani vaqtincha bekor qilgan.

Kelasi olti oy Misrni armiya boshqaradi, ya’ni kuzgi prezident va parlament saylovlariga qadar. Mudofaa vaziri Muhammad Husayn Tantaviy vaqtincha mamlakat rahbari va xalqaro sahnada Misr nomidan so’zlaydi.

Muxolif partiyalar bu qarordan rozi va qurolli kuchlarni qo’llab-quvvatlamoqda.

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Yangi konstitutsiya matni 10 kunda yozilib, kelasi ikki oyda esa uning yuzasidan referendum o’tishi kutilmoqda.

Bosh vazir Ahmad Shafiqning aytishicha, sentabrgacha barcha vazirlar ishini davom ettiradi.

“Mamlakat sekin-asta osuda hayotga qaytmoqda, xavfsizlik tiklanmoqda”, - deydi u.

Lekin fuqarolar boshqaruvni armiyaga butkul topshirmoqchi emas.

“Qurolli kuchlar bizni himoya qilishi, bizga xizmat qilishi kerak”, - deydi mana bu misrlik.

Misr politsiyasi esa Ichki ishlar idorasi yonida namoyish qilmoqda. Ularning talabi – mo’lroq ish haqi, ko’proq imkoniyat.

Misrning AQShdagi elchisi Samih Shukriy fikricha, harbiylar saylov natijalarini hurmat qilib, hokimiyatni yangi rahbarlarga topshiradi.

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misrda mavjud favqulodda holatlarga doir qonun ham tez orada bekor qilinadi, deydi u. Mazkur qonun biror ayblov, asossiz fuqaroni hibsga olishga ijozat berib kelgan.

Armiya Vazirlar Mahkamasini qo’llab-quvvatlaydi, shu sabab mahkamaning tarqatib yuborilishi gumon, deydi elchi Shukriy.

“Ichki xavfsizlik tizimi tanazzulda va iqtisodiyot masalasi dolzarb bir pallada hukumat ishini davom ettirishi zarur”, - deydi diplomat.

Samih Shukriy deydiki, Misr shu paytga qadar imzolagan barcha bitimlar, xoh ichki, xoh tashqi bo’lsin, kuchda qoladi. Jumladan, Isroilga doir tinchlik bitimlari.

Isroil Mudofaa vaziri Yahud Barak bu davlatdagi vaziyatni ijobiy baholaydi. ““Musulmon Birodarlar” kabi radikal islomiy guruhlar boshqaruvni qo’lga oladi deyishga asos yo’q”, - deydi u.

Yahud Barak nazarida Misrdagi qo’zg’olon diniy partiyalar harakati emas, balki xalq tashabbusi edi. Ikki davlat rishtalari mustahkam va shunday bo’lib qoladi, deydi vazir.

Qo’shma Shtatlar hamkor davlat – Misrdagi vaziyatni yaqindan kuzatib keladi. Prezident Barak Obama bu yurt ahlini olqishlab, islohotlarga chaqirdi.

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

Misr harbiylari ish tashlashni bas qilishga undadi

AQSh senatori, 2008-yilgi prezident saylovlarida qatnashgan respublikachi arbob Jon Makkeyn Obamaning Misr bobidagi xatti-harakatini maqtab, bu davlatda haqiqiy demokratiya qaror topishiga ishonch bildirdi. Senator Makkeyn Misrda rejalagan saylovlar ochiq va adolatli o’tadi, degan umidda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG