Misrda g’alayon boshlanganidan beri jahon bozorida neft qimmatlab bormoqda

  • Amerika Ovozi

Misrda g’alayon boshlanganidan beri jahon bozorida neft qimmatlab bormoqda

Misrda g’alayon boshlanganidan beri jahon bozorida neft qimmatlab bormoqda

Suvaysh kanali g’arbu-sharqni bog’lab turuvchi muhim tranzit yo’li hisoblanadi. Ta’minot uzilsa qora oltin narxi yana ko’tarilishi mumkin.

Ayni paytda sarmoyachi va eksportyorlar tartibsizlik qo’shni davlatlariga tarqalishidan ham xavotirda.

Misr neft ishlab chiqarish bobida yetakchi bo’lmasa-da, Suvaysh kanali orqali kuniga ikki million barrel qoramoy o’tadi.

Ta’minot to’xtab qolsa, deydi mutaxassislar, buning jahon iqtisodiyotiga ta’siri jiddiy bo’lishi aniq.

“Misrdagi namoyishlar neft eksportiga ta’sir qiladimi, deb davlatlar bu mamlakatdagi voqealardan diqqatini uzmay turibdi. Suvaysh kanalidan har kuni minglab tanker o’tadi. Mahsulotni Yaqin Sharqdan G’arbga, iste’molchiga yetkazishning muhim nuqtasi”, - deydi Tim Jennings, neft savdogari.

Xalq prezident Husni Muborakka qarshi bosh ko’targach mamlakatda tarqoqlik kuchaydi. Iqtisodga katta zarar yetdi.

Namoyishlar natijasida bir barrel neft 100 dollardan oshdi. Bu 2008 yildan beri eng yuqori ko’rsatkich.

Ekspertlar fikricha bunga asosan beqarorlik va vahima sababdir. Mahsulotga talab oshgani yo’q.

“Yaqindagina AQSh ham, boshqa hukumatlar ham neft zaxiramiz joyida deb hisobot berishgan edi. Bu degani, talab va taklif muvozanatda, hatto mahsulot arzonlashadi degan taxminlar bor edi. Misrdan bu shumxabar chiqdi-yu, narx-navo birdaniga ko’tarilib ketdi”, - deydi yonilg’i savdogari Ayra Akshtayn.

Qora oltin Misrda ahvol joyiga tushmaguncha qimmatlab boraveradi, ammo tahlilchilar deydiki, Suvaysh kanali yopilishi ehtimoldan yiroq chunki mintaqa davlatlari eksportga tayanib kun ko’radi.

“Kelajakda nima bo’lishini aytish qiyin. Vaziyat kun sayin o’zgarib boryapti. Shunisi aniqki, Suvaysh yopilsa, transport xarajatlari osmonga chiqadi. AQSh va Yevropa iqtisodiyoti zarar ko’radi”, - deydi Akshtayn.

Qo’zg’olonlar arab dunyosini olovdek chulg’ab olmoqda. Fors ko’rfazidagi eksportyor davlatlarga ham tarqalsa, qimmatchilik krizisdan endi chiqayotgan global iqtisodiyotning beliga tepgan bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG