Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?


Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinning sobiq Sovet Ittifoqi hududida yagona iqtisodiy zona tashkil qilishga doir taklifi Markaziy Osiyo ziyolilari orasida munozara uyg'otgan.

Ayrimlar buni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining yangicha ko’rinishi desa, boshqalar nazarida Putin mustabid tuzumini tiklashga harakat qilmoqda.

Kuzatuvchilarga ko’ra, iqtisodiy qiyinchilik bilan yuzlashayotgan Markaziy Osiyo va Kavkaz o’lkalarida Rossiyaning ta’siri hozirda ham kuchli.

Shu sabab kelasi yil prezident saylovlarida ishtirok etishga bel bog'lagan Rossiya bosh vazirining taklifini qo’llayotganlar talaygina. Biroq bu hol mintaqada keskin siyosiy o’zgarishlarga yetaklashi mumkin degan xavotirlar ham mavjud.

Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Tojikiston va Qirg’izistonda Putinning yagona iqtisodiy hudud loyihasi aholi tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda.

Shu bilan birga, uni yangi imperiya bunyod etishga urunish deb baholovchilar ham ko'p.

Jurnalist Mavluda Shamsiyeva tahlilicha, to’ntarishlarga o’rganib qolgan Qirg’izistonda yangi saylangan prezident hokimiyatdan ag’darilmaydi deya olmaymiz.

“O’zbekistondagi ijtimoy-siyosiy vaziyatni ham yaxshi deb bo’lmaydi. O’zbekiston hukumati ehtiyot bo’lishi kerak”,- deydi mutaxassis.

Oliy Majlis deputatligiga da’vogar yosh tojik ziyolisi Ilhom Yoqubov bu kabi fikrlarga qo’shilmaydi.

Uning ta'biricha, Qirg’iziston siyosatchilari va Rossiya hukumati orasida aloqa yaxshi. Ular Yevrosiyo birligi tarafdori, deydi Yoqubov.

“Qirg’izistonning bu ittifoqqa kirishi ijobiy voqea bo’lardi",- deydi u.

Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Iqtisodiy hamkorlikka hech kim yo'q demaydi, lekin maqsad ezgumi?

Qirg’izistonlik o’zbek shoiri Avliyoxon Shukrulloev ko’pchilik juda xursand bo’lib turibdi, hammani umidi juda katta, savdoga ko’proq yo’l ochiladi, deydi.

“Masalan, Qirg’izistonda kartoshka yetishtiriladi, shakar ishlab chiqariladi. Bularni chegaradan o’tkazib, Qozog’istonda sotisholmaydi. Sotish uchun boj to’lash kerak. Yo’l ochilsa, savdo bemalol bo’ladi”,- deydi u.

Shu bilan birga Shukrullayev yangi ittifoq borasidagi so’zlar chiqishi bilan mamlakatda narxlar ko’tarilgani va savdogarlarda xavotirlik tug’ilganini aytadi.

Chunki, respublika bozorlari Xitoy va Turkiyaning arzon-garov mollari bilan to’lib toshgan. Yagona iqtisodiy hudud tashkil etilsa, savdogarlar mo’may daromadlardan ayrilishlari mumkin.

Dushanbe

Dushanbe

“Ba’zilar xavotir olyapti, masalan, u paytda biz Turkiyadan, Xitoydan qanday qilib tovar olamiz deb. Bozorda o’tirganlar qiynalib qoladimi degan xayolga borishmoqda. Lekin Qirg’iziston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo, ilgarigi hamkorlik alohida davlatlar bilan ketaveradi.”

Tojikistonlik tahlilchilar yagona iqtisodiy hududga O’zbekiston qo’shilmasa, Tojikistonga qiyin bo’lishini aytsa, boshqalar qo’shni davlat ertamai-kechmi albatta bunga majbur bo'ladi, deydi.

Tojikistonlik ziyoli Dadajon fikricha bunday integrasiya G’arbga ma’qul kelmaydi.

“Amerika Markaziy Osiyoning Rossiya bilan aloqa qilishiga albatta qarshi bo’ladi. Ular bizning G’arb bilan aloqa qilishimizni istashadi. Lekin tojik ham, o’zbek ham Rossiya bilan ham, Yevropa bilan, Amerika bilan ham aloqa qilsihni xohlaydi. ”

Tojikiston Islomiy Uyg'onish Partiyasining Sug’d viloyat raisi Hoji Naimjonning nazarida, yagona iqtisodiy hudud yaratish loyihasi bilan Putin o’z ambitsiyasini qondirmoqchi.

“Putin bu bilan Yevrosiyo lideri bo’lishni xohlaydi. Rossiya baribir Markaziy Osiyoga ta’sir qilishda davom etadi. Biz, masalan, hatto ba’zi narsalarimizni o’sha Rossiyadan ko’chiramiz. Rossiya nima qonun qabul qilsa, biz ham qabul qilamiz. Bilmaymizki, u bizga to’g’ri keladimi, to’g’ri kelmaydimi?”

Toshkent

Toshkent

Shoir Avliyoxon deydiki, yagona iqtisodiy hudud masalasida shoshilmaslik zarur. "Bizlarda turmush darajasi, maosh masalalari turlicha",- deydi u.

“Xalq narx-navodan xavotirda. Mashinalar narxi allaqachon 30 foiz ko’tarildi. Tezroq olib qolish kerak degan gaplar bo’lyapti. Mayli, shu narsani qilish kerag-u, lekin shartlari hamma davlatlar uchun bir xil tuzilishi kerak. Masalan, ilgarigi SSSRdan farqi shunda bo’lishi kerakki, mustaqillik chinakam ma’noda bo’lsin.”

Tojikistonlik o’zbek olimi Ilhom Yusupov fikricha, Putin sobiq SSSRni tiklash yo’llarini izlamoqda.

“Rossiya uzoq vaqt o’z gegemonligini ko’rsatib kelgan va shu gegemonlikni ko’rsatish imkoniyatini hali qo’ldan boy bergani yo’q. Chunki, Markaziy Osiyo davlatlarining birortasi hali o’zining davlatchilik mavqeini ko'targani yo’q"

XS
SM
MD
LG