Qozog'iston prezidenti Xitoyda

  • Amerika Ovozi

Ikki tomonlama savdo aylanmasi o'tgan yilgi hisoblarga ko'ra, 20 milliard dollar

Ikki tomonlama savdo aylanmasi o'tgan yilgi hisoblarga ko'ra, 20 milliard dollar

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev uch kunlik tashrif bilan Xitoyda.

Savdo aloqalarini kuchaytirish va strategik masalalar muhokama etilmoqda.

Tashrif Xitoyning Markaziy Osiyodagi bu davlatda roli tobora oshib borayotganidan dalolat beradi.

Bugun Nazarboyev Xitoy prezidenti Xu Tsintao, Bosh vaziri Ven Jiabao va boshqa rasmiylar bilan uchrashib, qator bitimlar imzoladi.

Qozog'iston prezidenti Xitoyda

Qozog'iston prezidenti Xitoyda

Xitoyga 55 ming tonna uran sotish, Qozog'iston neft sanoatini rivojlantirish uchun Xitoydan besh milliard dollarlik kredit olish borasida shartnomalarga qo'l qo'yildi.

Shuningdek, Qozog'iston davlat ijtimoiy jamg'armasi uchun 1,7 milliard dollarlik zayom olish, Ostona-Almati yo'nalishida tezyurar poyezd yo'lini tushirishda Xitoydan yordam olish ko'zlanmoqda. Yo'l 2015 yilgacha bitadigan.

Xitoy g'arbidan Qozog'istonga oqayotgan daryolar suvi sifatini nazorat qilishga doir bitim ham muhokamada.

Qozog'istonda ayni damda mingdan ziyod Xitoy kompaniyalari ishlaydi. Ikki tomonlama savdo aylanmasi o'tgan yili 20 milliard dollar bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG