Janubiy Qirg’izistonda yozda vayron bo’lgan binolarning ko’pi tiklangan

  • Amerika Ovozi

Ko’p qavatli binolar ham barpo etilmoqda. Hozirgacha 1700 ga yaqin ikki va uch xonali uylar qurildi, deydi rasmiylar.

Ko’p qavatli binolar ham barpo etilmoqda. Hozirgacha 1700 ga yaqin ikki va uch xonali uylar qurildi, deydi rasmiylar.

Janubiy Qirg’izistonda iyun oyida yuz bergan etnik to’qnashuvlar paytida vayron bo’lgan turar-joy binolarining aksariyati qayta tiklangan.

Bu haqda Bishkekda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida O’sh va Jalol-Obod shaharlarini tiklash bo’yicha davlat direksiyasi boshlig’i Jantoro Satibaldiyev aytgan.

Ko’p qavatli binolar ham barpo etilmoqda. Mulozimga ko’ra, hozirgacha 1700 ga yaqin ikki va uch xonali uylar qurilgan.

Qayta tiklash ishlarida xalqaro tashkilotlar ko’magi salmoqli bo’lgan.

“Qizil Xoch Xalqaro Qo’mitasining O’shdagi vakili Ishfaq Xonning aytishicha, qurilish ishlari kech boshlansa-da, rejadagidek bitkazilgan.

“Qo’mita mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda Qirg’iziston janubida 363 uy qurib berdi. O’sh va Jalol-Obod shaharlarida 400 uyning tomlarini yopish uchun qurilish materiallarini ta’minlab berdik”, - deydi Ishfaq Xon.

“Bizning tashkilotning asosiy prinsiplaridan biri – har doim neytral bo’lish. Shu bois faqat o’z sarmoyalarimizi qo’llaymiz”, - deydi u.

Birlshgan Millatlar Tashkiloti vakili Gans Shodder so’zlariga ko’ra, xalqaro hamjamiyat vaqtinchalik turar-joy qurishga 9 million AQSh dollari ajratgan.

“Biz qishgacha barcha jabrdiydalarni uy bilan ta’minlashni maqsad qilgan edik va buning ustidan chiqdik”, - deb aytdi Gans Shodder.

Ayni paytda Qizil Xoch Xalqaro Qo’mitasi sog’liqni saqlash muassasalariga ham yirik ko’mak ko’rsatgan.

“Biz O’sh shahri va Qora-Suv tumanidagi 12 poliklinikani ta’mirlab berdik. Bundan keyin ham bu sohaga yordamni davom ettiramiz”, - deydi Ishfaq Xon.

“Yangi yildan e’tiboran “Mikroekonomik tashabbus” degan loyihamiz ishga tushadi. Jabrlanganlarga kichik biznesda yordam berishni rejalaganmiz”, - deydi u.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’shda uch madaniy muassasa, jumladan, mahalliy o’zbek drama teatri binosi tiklanmoqda.

Mulozimlar yaqin orada qolgan qurilish ishlari ham yakunlanishini aytadi. Aksar turar-joy binolari ikki xonali bo’lib, kelasi bahordan uy egalari ushbu maskanlarni kengaytirishi mumkin.

Yangi yilda O’sh va Jalol-Obod shaharlarini qayta tiklash ishlarining ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi.

Ko’p qavatli binolar qurilishi, vayron bo’lgan yirik savdo va maishiy xizmat ko’rsatish maskanlari tiklanishi ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG