Qirg’iziston g’arb bilan ham, qo’shnilar bilan ham aloqani mahkam qilishi lozim, deydi tahlilchilar


"Siyosatda do’stlar bo’lmaydi. Siyosatda qiziqishlar bo’ladi. Bugun Amerika bilan qiziqish-manfaatlar birinchi planda turgan bo’lsa, ertaga Rossiya bilan munosabatlar birinchi o’ringa jilishi mumkin. Bu o’zgarib turuvchi narsa".

"Siyosatda do’stlar bo’lmaydi. Siyosatda qiziqishlar bo’ladi. Bugun Amerika bilan qiziqish-manfaatlar birinchi planda turgan bo’lsa, ertaga Rossiya bilan munosabatlar birinchi o’ringa jilishi mumkin. Bu o’zgarib turuvchi narsa".

Qirg’iziston presidenti Roza Otunbayeva o’tgan hafta Nyu-Yorkda BMT anjumani davomida AQSh rahbari Barak Obama bilan qisqacha uchrashib, aloqalarni rivojlantirish haqida gaplashgan edi.

Oq Uy bayonotida aytilishicha, AQSh prezidenti Otunbayevaning jasorati, demokratik institutlarni qayta tiklash yo’lidagi harakatlarini olqishlagan.

Obama ma’muriyati mamlakatga xalqaro politsiyachilarni kiritish, xolis tergov o’tkazish zaruratini eslatar ekan, Qirg’izistonda tartib-qoida, fuqarolik jamiyatini tiklashda yordam va’da qilmoqda.

AQShning so’nggi tashabbuslaridan biri etnik to’qnashuvlardan jafo chekkan hududga xalqaro ko’mak ko’rsatishni muvofiqlashtirish markazi ochish. Qirg’iziston apreldagi inqilobdan so’ng Vashington va Bishkek munosabatlari qay darajada o’zgargan? Qanday yangi qadamlar, loyihalar ko’zga tashlanadi?

Aksariyat qirg’izistonliklar Amerika o’lkada tinchlik, barqarorlik, taraqqiyotni ta’minlashda jiddiy hissa qo’sha olishiga ishonadi. Gap aytilayotgan ijobiy niyatlar ko’proq amaliy ishlar bilan tasdiqlanishida.

Aksariyat qirg’izistonliklar Amerika o’lkada tinchlik, barqarorlik, taraqqiyotni ta’minlashda jiddiy hissa qo’sha olishiga ishonadi. Gap aytilayotgan ijobiy niyatlar ko’proq amaliy ishlar bilan tasdiqlanishida.

O’sh Davlat Universiteti professori, siyosatshunos Arap Anarbayevning aytishicha, AQSh bilan orani yaqin qilgan afzal. “Bekor bo’lmasa kerak – Amerikaning avizbazasi tursa, Qirg’izistonga yiliga 60 million dollar tushib turibdi”, - deydi u.

Anarbayev nazarida Qirg’iziston kabi kichik o’lka tashqi munosabatlarda ko’p vektorli siyosat olib borgani ma’qul. Bu o’rinda Qo’shma Shtatlar mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega.

“Qirg’izistonning tashqi siyosat bo’yicha konsepsiyasida Amerikaning, Rossiyaning, Yevropa, qo’shni davlatlarning o’z o’rni bor. Kattami, kichikmi, barcha davlatlar bilan teng munosabatda bo’lish kerak. Siyosatda do’stlar bo’lmaydi. Siyosatda qiziqishlar bo’ladi. Bugun Amerika bilan qiziqish-manfaatlar birinchi planda turgan bo’lsa, ertaga Rossiya bilan munosabatlar birinchi o’ringa jilishi mumkin. Bu o’zgarib turuvchi narsa. Ekonomikali, siyosiy manfaatlar, madaniy, ilmiy aloqalar degandek”.

Qirg’iziston birinchi navbatda Amerikaning moddiy, iqtisodiy va texnik yordamiga muhtoj va Qo’shma Shtatlar aynan shu sohalarda o’nlab loyihalar amalga oshirmoqda. “Biz siyosat, ekonomika, texnika, fan kabi yo’nalishlarda Amerikadan umidvormiz”, - deydi professor.

Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayevaning diplomatiya sohasida chuqur tajribaga ega ekanligi, deydi Anarbayev, uning ko’plab xorijiy siyosatchilar, jumladan, Amerika arboblari bilan shaxsan tanishligi ham rasmiy Bishkekka o’ziga xos imkoniyatlar berishi mumkin.

“Biz tarixni el yaratadi deb yakka insonlarning rolini uncha nazarga ilmay kelganmiz. El deganimiz o’zining liderlari bilan ko’rinadi. Yaxshi lider kelsa, elni yaxshi tomonga boshlaydi. Shu tomondan olib qarganda, boshqa rahbarlar bilan qiyoslaganda xalqaro aloqalar bo’yicha Roza Isaqovna professional diplomat. Siyosatni biluvchi. U o’z o’rnini topdi deb o’ylayman”, - deydi Anarbayev.

Qator mahalliy siyosatshunovlar Qirg’izistonning tashqi dunyo bilan munosabatlarida aniqlik va ravshanlik lozimligini aytadi. Bishkeklik harbiy, siyosiy tahlilchi Leonid Bondarets fikricha, rasmiy Bishkek u yer, bu yerdan bir tishlam-bir tishlam yordam olishga urinmoqda. “Biroq shunday payt keldiki, qayerdamiz, nimani istaymiz – aniq, tiniq belgilab oladigan payt keldi. NATOga yaqinmizmi, Kollektiv Xavfsizlik tashkilotigami, Shanxay Hamkorlik Tashkilotigami? Hozir nima bo’layapti? Rossiyaga suykalib, kredit so’rayapmiz. Amerikadan ham shu”.

Janob Bondaretsning aytishicha, rasmiy Vashingtonning Qirg’izistonda o’z manfaatlari mavjud. “AQSh shu yerda mahkam o’rnashib olishni iatsydi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi tomonda, O’shni esa mintaqaning kaliti deyish mumkin”, - deydi tahlilchi.

Aksariyat qirg’izistonliklar Amerika o’lkada tinchlik, barqarorlik, taraqqiyotni ta’minlashda jiddiy hissa qo’sha olishiga ishonadi. Gap aytilayotgan ijobiy niyatlar ko’proq amaliy ishlar bilan tasdiqlanishida.

XS
SM
MD
LG