Los-Anjeles aeroportida "xush kelibsiz" deya saf tortgan namoyishchilar

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Trampning migratsiyani cheklash qarori sudda ko'rilar ekan, Los-Anjeles xalqaro aeroportida "xush kelibsiz" deb bir necha tilda yozilgan plakatlar bilan yuzlab ko'ngillilar namoyishga chiqishdi. Aksiyani Los-Anjeles turizm uyushmasi tashkil qildi. Maqsad yo'lovchilar dunyoning qaysi burchagidan kelishidan qat'i nazar, ular iliq kutib olinishini ko'rsatish.

Namoyishchilar aeroport shimolining uchish-qo'nish yo'lakchasida saf tortishdi. Faqatgina qo'nayotgan samolyotdagilar bu yozuvlarni o'qishi mumkin. To'rt tilda: arab, ispan, xitoy va ingliz tillarida "xush kelibsiz" deb yozilgan. Faollarning aytishicha, Los-Anjeles eshiklari hamma uchun ochiq.

"Bu yerda yangi odamlarni uchratasiz. Bir-birimizga o'xshamasak-da, butun dunyodan kelayotganlarda xush kelibsiz deymiz", - deydi ishtirokchilardan biri Donna Singlton.

Hindistonlik bir muhojirning aytishicha, bu aksiyaning siyosatga hech qanday aloqasi yo'q.

"Odamning qaysi aksentda gapirishi, dini, irqi, jinsiy moyilligi va tilidan qat'iy nazar hammamiz ham insonmiz. Shahrimiz barchani ochiq yuz bilan kutib oladi”, - deydi Koushik Chattopadhay.

"Menimcha har bir kelayotgan odamni iliq kutib olish muhim. Los-Anjelesdan boshqa hamma joyda, dunyoda - irqchilik, bo'linish avj olgan payt hozir", - deydi yana bir qatnashchi Nikol Voyak.

Qo'nayotgan har bir samolyotni mana shunday iliq qarshilab olishyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG