Malida jangarilarga qarshi kurashga millionlab dollar ajratiladi

  • Amerika Ovozi

Afrika Ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari Addis-Abbebada Malidagi vaziyatni muhokama qildi. Efiopiya, 27-yanvar, 2013-yil

Afrika Ittifoqiga a'zo davlatlar rahbarlari Addis-Abbebada Malidagi vaziyatni muhokama qildi. Efiopiya, 27-yanvar, 2013-yil

Efiopiya poytaxti Addis-Abbebada o’tgan xalqaro anjumanda ayrim davlatlar Mali shimolida islomiy jangarilarga qarshi kurash uchun millionlab dollar ajratishga kelishib oldi.

Jumladan, Yaponiya 120 million, Qo’shma Shtatlar 96 million, Afrika Ittifoqi 50 million va Germaniya 20 million dollar va’da qildi. Janubiy Afrika, Gana, Nigeriya va Efiopiya ham mablag’ qo’shishini bildirdi.

Kecha Fransiya va Mali qo’shinlari tarixiy Timbuktu shahrini jangarilardan ozod etdi. Afrika qo’shinlari ham Maliga safarbar etilgan, biroq hozircha janglarda faol emas.

Jangarilar mamlakatning shimoliy qismini o’tgan yili bosib olgan edi. Poytaxt Bamakoga yurish qilganlaridan so’ng Fransiya yordamga shoshildi. So’nggi kunlarda Gao shahri ham ozod etildi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland Malida g’alaba qilyapmiz, dedi.

Timbuktu hokimining aytishicha, jangarilar shahardan qochayotib minglab qadimiy qo’lyozmalar joylashgan kutubxonaga o’t qo’ygan. Zarar ko’lami hozircha ma’lum emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG