Terror tahdidlari oshgan bir paytda Rim papasi Polshaga safar qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Rim papasi Fransisk Polshaga ilk safarini boshladi. Tashrif Fransiyaning Normandiya viloyatida bir nasoro rohibining o'ldirib ketilishi ortidan kuzatilmoqda. So'nggi paytlarda Fransiya va Germaniyada tinch aholiga qarshi bir qator xurujlar uyushtirildi.

Vatikanning aytishicha, Rim papasi Normandiyada ikki hujumchining cherkovga bostirib kirib, 86 yoshli rohib bo'g'ziga pichoq tortganidan dahshatda.

Voqea joyini kelib ko'rgan Fransiya Prezidenti Fransua Olland Yevropaga islomchilar tahdidi har qachongidan ko'payganini aytdi. Oq uy matbuot kotibi o'rinbosari Erik Shultz terror hujumini keskin qoraladi.

So'nggi fojea Fransiyaning Nitsa shahrida 84 odamning umriga zomin bo'lgan boshqa bir terror xurujidan ikki hafta otib yuz berdi. Vashingtonda joylashgan Hadson instituti tahlilchisi Ben Haddad bu hodisalar Fransiyada xavfsizlik choralari yetarli ta'minlanmayotganidan dalolat berishini aytdi.

Suriyada fuqarolar urushi va "Islomiy davlat" kuchayishi oqibatida o'tgan ikki yil ichida islomchi jangarilar solayotgan tahdid keskin o'sdi, deydi u.

Uning aytishicha, afg'on urushi davridagi o'n yillikda "Al-Qoida"ga Fransiyaning 70 fuqarosi qo'shilgan bo'lsa, 2011-yil Suriyada fuqarolari urushi boshlanishi bilan 1500 fransiyalik "Islomiy davlat"ga qo'shilgan yoki undan ilhom olgan. Fransiya xavfsizlik xizmatlari o'sib borayotgan ana shu tahdidga mos qarshi choralar ko'rishga urinmoqda, deydi tahlilchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG