Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

  • Amerika Ovozi

"Quyosh dekatloni" tanlovi ishtirokchilari qurgan uylar

"Quyosh dekatloni" tanlovi ishtirokchilari qurgan uylar

Yaqinda Vashingtonda qiziq bir tanlov o’tkazildi. Unda turli oliygohlarning talabalari quyosh energiyasida isitiladigan eng yaxshi uyni qurish bobida bellashdi. Har yili o’tkaziladigan bu o’yinda 19 jamoa qatnashdi.

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Vashingtondagi Potomak daryosi bo’yida barpo etilgan uylarni oddiy deb bo’lmaydi. Ular “Quyosh dekatloni” deb nomlangan tanlov ishtirokchilari tomonidan so’nggi ikki yil davomida qurilgan. Hammasi quyosh energiyasi bilan isitiladi.

Richard King, tadbirga homiylik qilgan AQSh Energetika vazirligi rasmiysi.

“Tanlovning eng muhim payti – uylarni bu yerga olib kelib, o’rnatish va odamlarga ularni ko’rsatish bo’ldi. Shuningdek, ular orasidan eng yaxshi qurilganini aniqlash.”

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Har yili Energetika vazirligiga 40 ta universitetdan ariza tushadi. Talabalar o’z loyihalarini taqdim etadi.

Vazirlik eng qiziqarli va samarali g’oyalarni amalga oshirish uchun grant ajratadi. Bu yil mana 19 jamoaga mablag’ berildi. Bo’lajak bunyodkorlar, muhandislar.

Xitoylik Tsi Shefunshen Shanxaydagi Tongi universiteti talabasi. U o’zi qurgan uy bilan tanishtirmoqda.

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Talabalardan o’zlari yashaydigan hudud iqlimiga mos inshoot bunyod etish talab qilinadi. Xitoy jamoasi Shanxay portidagi eski kemalar qoldiqlaridan uy qurdi.

Katta aholiga ega bo’lgan Xitoyda joy tanqis. Mana bu bir xonalik uy bir zumda kenggina ikki xonalik kvartiraga aylanishi mumkin.

“Qulay jihoz bo’lsa, undan istaganingizni qilishingiz mumkin.”

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Uylar 10 mezon asosida baholanadi. Arxitektura, santexnika va uy narxi. Masalan, Tsi Shefunshen bizga namoyish qilgan uyni qurish 250 ming AQSh dollariga tushadi.

“Aslida bu Shanxaydagi o’rtacha uydan arzonroq”.

Jamoalarga odatda bir g’oya beriladi. Masalan, AQShdagi kuchli to’fondan keyin Illinoys shtatidagi Urbana-Shampeyn Universiteti talabalari tabiiy ofatdan jabr ko’rganlarga mo’ljallangan uy qurishga qaror qildi.

Kerolin Mesha, loyiha arxitektori.

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

“Bu uy ikki moduldan tarkib topgan. To’fon kelsa, bunday uy yuk tashuvchi mashinada boshqa joyga ko’chirilishi mumkin. Uzog’i bilan 24 soada”.

Uylarning hammasi tok va suv bilan ta’minlangan.

Bu yilgi tanlovda Merilend Universiteti jamoasi qurgan uy g’alaba qozondi.

Hakamlarga ma’qul kelgan bu ixcham imorat quyosh nuridan keng va effektiv foydalanadi.

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

“Quyosh energiyasidan faqat uyni isitadigan emas, balki suvni ham tejaydigan tizim barpo etdik. Chunki ob-hayot juda dolzarb masala va kelajakda uning ahamiyati, qadri yanada oshadi.”

Merilendlik talabalar qurgan uyda, vannaxona yonida, ishlatilgan suvni qayta tozalaydigan moslama o’rnatilgan.

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Oftobdan quvvat oladigan yangicha uylar

Bunday musobaqalardan ko’zlagan maqsadi - bo’lajak arxitektor, dizayner va injenerlarga muqobil energiya manbalari, xususan quyosh nuridan foydalanish yo’llarini ko’rsatish, yoshlarni bu sohaga yanada qiziqtirish, rag’batlantirish.

Amerika bo'ylab qayerga bormang, oftobdan quvvat olayotgan uylarni ko'rasiz. Butun boshli mahallalar quyosh panellari orqali energiya bilan ta'minlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG