Breaking News

Amerika Janubiy Sudanga sanksiya qo'ydi


Jon Kerri Janubiy Sudanda urush qilayotgan harbiy yetakchilarga sanksiyalarni e'lon qildi.
Jon Kerri Janubiy Sudanda urush qilayotgan harbiy yetakchilarga sanksiyalarni e'lon qildi.

Dunyoning eng yosh davlatida dekabrdan beri hukumat va isyonchilar o’rtasida janglar minglab odamlarni hayotdan olib ketgan.

Qo’shma Shtatlar Janubiy Sudanga qarshi ilk sanksiyani joriy etdi. Dunyoning eng yosh davlatida dekabrdan beri hukumat va isyonchilar o’rtasida janglar minglab odamlarni hayotdan olib ketgan.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, hukumat tomonida olishayotgan harbiy yetakchi Marial Chanu-ong, sobiq vitse-prezident Riek Masharga sodiq harbiy Piter Gadet moliyaviy jazo bilan yuzlashadi.

AQSh diplomatining so’zlariga ko’ra, har ikki shaxs insoniyatga qarshi qo’rqinchli jinoyatlar uchun mas’ul.

Janubiy Sudanni zo’ravonlik va halokat girdobidan qaytarib olish uchun barcha chorani ko’ramiz, deydi Jon Kerri.

Sanksiyalar doirasida ikki harbiyning Amerikadagi hisoblari muzlatiladi. AQSh fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan biznes qilish taqiqlanadi.

Sal oldin prezident Salva Kiir raqibi Riek Mashar bilan uchrashishga tayyor ekanini aytgan edi. Mashar hozir isyonchilarga bosh va hukumatdan qochib yuribdi.

Janubiy Sudandagi bu ixtilof, elatlararo ziddiyat oqibatida 1,2 million odam uyini tashlab qochgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG