Suriya muxolifati: Armiya aholiga qarshi zaharli gaz qo’lladi

  • Amerika Ovozi

Suriyalik faollar uzatgan ma’lumotga qaraganda, hukumat kuchlari kimyoviy qurol bilan poytaxt Damashq yaqinida yuzlab odamni o’ldirgan.

Talofat ko’lami aniq emas. Istanbulda o’tgan matbuot anjumanida mingdan oshiq odam nobud bo’lgani e’lon qilindi. Ammo raqamlarni mustaqil ravishda tekshirishning iloji yo’q.

Suriya hukumati chorshanba kungi harbiy operatsiyada kimyoviy qurol qo’llagani haqidagi iddaolarni inkor etyapti. Poytaxt mahallalarida “terroristlar” o’ldirildi, deya xabar beradi davlat matbuoti isyonchilarga ishora qilib.

Oppozitsiya esa kattalar va bolalarning jasadlari aks etgan videoni internetda chop etgan.

Britaniyada asoslangan Suriya inson huquqlari markazi G’uta shahriga zaharli gaz bilan to’ldirilgan raketalar yog’dirilgani haqida xabar tarqatdi.

Ana shu kabi da’volarni tekshirish uchun BMT inspektorlari Suriyaga o’tgan hafta yetib kelgan edi. Britaniya va Arab Ligasi ularni hujum ro’y bergani aytilayotgan hududlarga kiritishni so’ramoqda.

Inspektorlar Suriyada ikki hafta davomida tergov olib boradi. Ammo kimyoviy qurol kim tomonidan qo’llanganini aniqlash uning vazifasiga kirmaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG