Breaking News

Turkiyadagi vaziyat Markaziy Osiyo ahli uchun qorong'imi?


Anqara, 29-iyul, 2016
Anqara, 29-iyul, 2016

Turkiyada harbiy to’ntarishga urinishdan bir oy o’tgan bo’lsa-da, Tojikiston matbuoti va ziyolilar orasida uning sabablari va mintaqaga ta’siri borasida turlicha mulohazalar yangramoqda.

Turkiyadagi vaziyat Tojikiston ziyolilari nigohida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:46 0:00

Aziz Vohid ismli ziyoli deydiki, hozirgacha ko’p narsa qorong’i.

"Hozir aniq bir nima deb bo’lmaydi, vaziyatni qarang, favqulodda vaziyat joriy etishdi. Bu ishning ortida kim turadi, qanaqa kuchlar bor, kim qaerdan bilsin? Ko’rdikki, hamma yerda hukumatni xalq qo’llashi kerak bo’ladi, agar turk xalqi hukumatini qo’llamaganda, ahvol u yerda Suriyadan ham battar bo’lardi."

Tarix fanlari nomzodi, olim Haydar Obloqulovning fikricha, Turkiyadagi to’ntarishga urinish katta o’zgarishlarning debochasi bo’lib, alal-oqibat Erdog’an hukumatining inqiroziga sabab bo’ladi.

Negaki, deydi u, hozirgi hukumat olib borayotgan qatag’on siyosati ishonchli va sadoqatli kishilar sonini kamaytiradi.

Yana bir mutaxassis Anatoliy Hayimshoyev fikricha, Tojikiston Erdog’an hukumatini vaqtincha quvvatlamoqda.

"Biz Turkiya NATOga a’zo ekanligidan kelib chiqib mulohaza yuritishimiz kerak. O’tgan voqealardan so’ng, Turkiya hukumati Rossiya bilan ko’p yaqinlikka bormoqda, juda tez sovugan munosabatlar juda tez iliqlashib bormoqda. Turkiya Rossiya uchun, Rossiya Turkiya uchun darvozalarini keng ochmoqda. Qolib ketgan gaz loyihasi, qurilishlar, bekor qilingan savdo aloqalari, meva-chevalar bozori… Bundan hatto Tojikiston tadbirkorlari zarar ham ko’rishi mumkin".

Tojikistondagi nohiya machitlaridan birining imomi juma namozidagi amru ma’rufda Turkiya voqealarini misol keltirib, xalqni turklardek hukumatga sadoqatli bo’lishga chaqirgan.

"Turklar bizga vatanparvarlikda o’rnak bo’la oldi, vatanni qanday himoya qilishlikni ana shulardan o’rganishimiz kerak. Xalqning vataniga sodiqligi, qanday qo’riqlay olishlari bizga ibrat bo’ldi. Ana shu ikki jihatini aytib o’tdik bugun. Ilohim bunday narsalarni parvardigor bizlarga ko’rsatmasin, lekin biz xalqimizni shu narsaga tayyor bo’lishga da’vat qildik. Xalqimizga davlatni, vatanni turklardek himoyalab olishlarini uqtirib o’tdik. Xalqimiz ularning darajasiga etganligiga hech ko’zimiz etmaydi, lekin xalqni shunday yo’lda tarbiyalab borishimiz kerak".

Anatoliy Hayimshoyev fikricha, Turkiya shubhasiz katta o’zgarishlar bo’sag’asida turibdi.

"Davlat to’ntarishimi, qo’zgolonmi, qanday tushunsangiz o’shanday tushunavering. Turkiyadek mamlakatdagi bu voqea ko’p narsadan darak beradi. To’ntarishning amalga oshmagani, to’ntarishning umuman bo’lmadi degani emas. To’ntarish bosqacha ketmoqda, aslida haqiqatda ham davlat to’ntarishiga jiddiy urunish bo’lganiga ishonib bo’lmaydi. Chunki, harakat Turkiyadek davlatda to’ntarish qilishga o’xshamagandi. Ammo, hozir gap bunda emas. Gap shundaki, Turkiyaning hozir Rossiya bilan juda tez apoq-chapoq bo’layotgani xavotirli. Ayni bugungi kunda, hozirgi sharoitda NATOning bir a’zosi sanksiyalarga duchor etilayotgan davlat bilan bu qadar yaqinlashuviga yo’l qo’yilmaydi. Agar shunday bo’lsa, demak G’arb va Rossiya o’rtasida qandaydir kelishuv bo’lgan, agar bunday bo’lmasa, demak, Erdog’an hukumati uzoqqa bormaydi".

Xo'jandlik siyosatshunos Abdujabbor Yo’ldoshev ham Turkiyaning Rossiya bilan aloqalari to’ntarishga urunish sabab to’satdan yaxshilanib qo’lishiga shubha bilan qaraydi. Uning fikricha, Turkiyada milloinlab kishilarning Erdog’an hukumatini qo’llab qilayotgan chiqishlariga ham ishonib bo’lmaydi.

"Rossiyaning ahvoli hozir biroz yaxshimas, shunday paytda Rossiya ham Turkiya bilan aloqalarni yaxshilashga intiladi. Ammo Turkiyaning Rossiya uchun xatarli ekanligini ular yaxshi bilishadi, buni doim hisobga olgan holda ish qilishadi. Lekin, ayni paytda Rossiya uchun Turkiya bilan aloqalarni yaxshilash sanksiyalar oqibatini yumshatishga xizmat qiladi, gap hozir vaqtinchalik foydada xolos. Turkiya bilan gaz loyihasi amalgam oshishiga esa shubha qilaman, ish loyihaning amalga oshishigacha etib bormasa kerak deb o’ylayman", - deydi Yo'ldoshev.

Uning fikricha, Rossiya bilan aynan gaz borasidagi katta loyiha imzolanganidan so’ng Liviyada hukumat ag’darildi, mamlakat ichki urushlar girdobiga tortilgan.

"Rossiyaning bo’ynida joylashgan NATOning bir a’zosi xalqaro sanksiyalar joriy etilgan mamlakatga yaxshi va yangi imkoniyat berishlariga yo’l qo’ymaydilar. Erdog’an hukumatini qo’llab xalqning maydonga chiqishi esa, hali hech narsa emas",- deydi tojik eksperti.

Iroqda, Liviyada, Misrda ham shunday bo’lgan edi. Lekin shu xalqning o’zi bir muddatdan so’ng o’sha davlat rahbarini oyoq osti qildi, bugungi dunyoda xalqni boshqacha o’zanga surib yuborish oson bo’lib qolgan. Shunday ekan, millionlab tarafdorlar bilan mag’rurlanib bo’lmaydi, buning ustiga qatag’onlar o’tkazilayotgan bo’lsa, deydi Yo’ldoshev.

XS
SM
MD
LG