Breaking News

Xorijda tug'ilgan amerikaliklar soni har doimgidan ko'p


Xorijda tug'ilgan amerikaliklar mana shu shtatlarda ayniqsa ko'p
Xorijda tug'ilgan amerikaliklar mana shu shtatlarda ayniqsa ko'p

AQSh Aholini hisobga olish byurosi ma’lumotiga ko’ra, xorijda tug’ilgan amerikaliklar soni misli ko’rilmagan 40 millionga yetdi.

Aholini hisobga olish byurosi “xorijda tug’ilgan” deb chet mamlakatda dunyoga kelib, so’ngra AQShga ko’chgan va hozir bu yerda qonuniy asosda yashayotgan odamni nazarda tutadi. Bu shaxs hozir fuqaro yoki "grin karta" sohibi ekanidan qat’iy nazar.

1970-yilda bundaylar soni 10 millionga teng edi. 2010-yilga kelib to’rt baravar ko’paydi, deydi byuro xodimi Elizabet Griko:

Nyu-Yorkdagi "Ozodlik" haykali
Nyu-Yorkdagi "Ozodlik" haykali
“2010-yilgi ko’rsatkich mamlakat tarixidagi eng balandi. Shu bilan birga ilgari, ya’ni XIX va XX-asrning boshlarida migrantlar aholi umumiy sonining kattaroq ulushini tashkil etardi”.

XXI-asrdagi o’sish esa, asosan, 2006-yilgacha kuzatildi.

Hisobotga ko’ra, xorijda tug’ilgan amerikaliklarning farzandi ham ko’proq, odatda ular nafaqat bolalari, balki keksa ota-onasi bilan birga yashaydi. Otasi yoki onasi bo’lmagan oilalar deyarli yo’q, deydi Griko:

“Xorijda tug’ilganlar orasida ham ota, ham onasi bor oilalar mahalliy amerikalik oilalarga qaraganda ko’proq”.

Chet ellardan Qo’shma Shtatlarga ko’chib kelgan ayollar orasida farzand ko’rish sur’ati ham amerikaliklarga qaraganda 35 foizga balandroq.

Biroq bunday oilalar daromadi pastroq – yiliga 46 ming dollarni tashkil etadi, vaholanki, tubjoy amerikalik oilaning o’rtacha daromadi – 50 ming dollarga teng.

Grikoning bildirishicha, immigrantlar mamlakatning barcha joylarida yashaydi, lekin ko’pchilik Kaliforniya, Nyu-York, Texas va Florida shtatlarini afzal ko’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG