Xitoydan Amerikaga sayyohlar oqimi oshib, bizneslar xursand

  • Amerika Ovozi

"Sayyohlar ko'p pul sarflasa, iqtisodga yaxshi"

"Sayyohlar ko'p pul sarflasa, iqtisodga yaxshi"

Xitoydan Amerikaga kelayotgan sayyohlar soni ko’payib, iqtisodiy sharoiti hamon og’ir Qo’shma Shtatlarda biznes ahli mamnun. 2004-yilda bu raqam 203 ming edi, bugun 1,1 million kishini tashkil etmoqda.

Olcha gullashini tomosha qilib...

Olcha gullashini tomosha qilib...

Amerika Savdo vazirligi sayohat va turizm bo’limi rasmiysi Ron Erdmanning “Amerika Ovozi” ga aytishicha, xitoylik turistlar iqtisodiyotga malham bo’lib xizmat qilmoqda.

“Xitoyliklar kelib, rosa pul sarflaydi. Oxirgi yillarda tobora ko’proq mablag’ bilan kelib, restoran, ko’ngilochar bizneslar, xizmatlardan foydalanayapti. O’tgan yili, masalan, AQShga safar uchun 5,7 milliard dollarni karmondan chiqarib berishdi. Dollar oyoqqa turib olishi uchun qulay sharoit bu”, - deydi Amerika rasmiysi.

Erdmanning aytishicha, turizm ikki davlatni madaniy jihatdan ham qalinroq qiladi. Xalqlar bir-birini yaxshiroq tushunadi. “O’z navbatida biz xitoyliklar vizani tezroq, osonroq qo’lga kiritishi uchun muhit yaratayapmiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG